FIFA prezidenti Messining navbatdagi mundialda qatnashishini istamoqda

FIFA prezidenti Messining navbatdagi mundialda qatnashishini istamoqda

FIFA rahbari Janni Infantino “Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men JCH-2026 ni intiqlik bilan kutyapman. Bu 48ta jamoa ishtirok etadigan ulkan tadbir bo‘ladi. Umid qilamanki, Messi nafaqat ushbu chempionatda, balki 2030 va 2034 yillarda ham o‘ynay oladi", - dedi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi jahon chempionati Qatarda bo‘lib o‘tgandi. O‘sha turnir g‘olibi Argentina terma jamoasi bo‘lib, finalda Fransiya terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!