FIFA jahon chempionatini har 2 yilda o‘tkazish g‘oyasidan voz kechdi

FIFA jahon chempionatini har 2 yilda o‘tkazish g‘oyasidan voz kechdi

Arsen Venger FIFA jahon chempionatini har 2 yilda bir marta o‘tkazish g‘oyasidan voz kechganini ma’lum qildi.

«Mendan bu haqda o‘ylab ko‘rishni so‘rashdi va buni yaxshi fikr deb hisobladim. Ammo bunday o‘zgarishlar uchun saralash taqvimini to‘liq qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi.

Hozir bunga intilmayapmiz. 4 yillik siklni kuzatyapmiz. Oraliqda tobora ahamiyatli bo‘lib borayotgan ayollar o‘rtasidagi mundial, Yevro va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkaziladi», — dedi FIFAning global rivojlanish departamenti rahbari L'Equipe'ga.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!