Faxrettin Altun Turkiyadagi zilzila borasida bayonot berdi

Faxrettin Altun Turkiyadagi zilzila borasida bayonot berdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Kommunikasiyalar rahbari Faxrettin Altunning mamlakatda sodir bo‘lgan zilzila yuzasidan bayonot berdi.

"Qahramanmarashda sodir bo‘lgan va ko‘plab shaharlarda sezilgan zilziladan so‘ng, davlatimizning barcha muassasalari zudlik bilan o‘z ishlarini olib bormoqda, — dedi Altun. — Yurtimiz va butun xalqimizga hamdartlik bildiraman. Hozirda barcha qutqaruv ishlari FVV (AFAD) koordinasiyasi tomonidan olib borilmoqda".

Altun bayonotida zilzila bilan bog‘liq ma’lumotlarni tarqatishga rasmiy manbalarga tayanish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!