Farzandingizni namozga o‘rgatishning 10 ta usuli

A A A
Farzandingizni namozga o‘rgatishning 10 ta usuli

Har bir musulmon namozni besh vaqt to‘kis ado qilishning naqadar muhimligini yaxshi biladi: ijtimoiy mavqei va holatidan qat’iy nazar, kambag‘almi u yoki boy, salomatmi yo kasal (ayrim hollarda yengilliklar bor) – mo‘min kishi Alloh oldida uni yuksak maqomga ko‘taruvchi va qalbini charog‘on qiluvchi har kungi besh vaqt namozni to‘liq ado qilmog‘i farzdir.

Namoz Qiyomat kuni insondan birinchi bo‘lib so‘raladigan foydali va ezgu amaldir. Hadisda shunday deyiladi: “Qiyomat kuni hisob-kitobda birinchi e’tibor qilinadigan amal bu – namoz”. Namozni ado qilish har bir es-hushli va balog‘atga yetgan musulmonning burchi, balog‘atga yetmaganlar esa namozga buyurilmagan, biroq balog‘at yoshiga yetganida bola namozni to‘g‘ri ado qilishi uchun ularni bolaligidan namozga tayyorlab bormoq lozim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Farzandlaringizni ular yetti yoshga to‘lganlarida namoz o‘qishga buyuringlar, bordi-yu ular o‘n yoshdan so‘ng ham e’tiborsizlik qiladigan bo‘lishsa, ularni jazolanglar va yotog‘ini alohida qilinglar”. Ota-onalar farzandlari qalbida namozga bo‘lgan istakni paydo qilishi va ularda bu vazifaga muhabbat uyg‘otmoqlari kerak. Bolalarga namozni ota-onasi majburlagani uchun emas, balki Alloh roziligi uchun o‘qishi kerakligini singdirish lozim. E’tiboringizga bolani namozga o‘rgatishning o‘nta usulini taqdim etamiz:

1. Ota-onaning namoz o‘qishi – farzand uchun eng yaxshi o‘rnak!

Bolaning namoz bilan tanishuvi ona qornidayoq boshlanadi. Go‘dak o‘z onasi kuniga besh mahal bir xil harakatni amalga oshirishiga ko‘nikib boradi va tug‘ilmasidan oldin namoz chaqaloq hayotining bir bo‘lagiga aylanadi. Ota-onalar o‘z farzandlari uchun birinchi ibrat maktabi hisoblanadi. Agar namoz o‘qish ularda birinchi o‘rinda tursa va uni ma’lum bir vaqtga keyinga surmay, o‘z vaqtida o‘qishga harakat qilsalar, bola o‘z vaqtida o‘qilgan namozning qanchalik muhimligini tushunib yetadi. Namoz vaqti yaqinlashganda ota-ona bolaga shunday deyishi mumkin: “Alloh meni kutmoqda. Men borishim kerak!” yoki “O‘, namoz vaqti bo‘libdi! Namozimni o‘qib olishim kerak! Men kechikmasligim kerak!” Bolalar ota-onasi namozga qanday intilyotganini tug‘ilgan paytidanoq guvohi bo‘lishlari kerak. Emizikli bolani joynamoz yoniga yotqizsa ham bo‘ladi, shunda chaqaloq o‘z onasi namozni qanday ado qilyotganini mamnuniyat bilan kuzatib turadi. Bola sal ulg‘ayganda esa, ona bolani qo‘llariga olib, namozni shu ko‘yi o‘qishi mumkin (bolaning tozalik qoidalariga amal qilishni unitmaslik kerak). Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday qilganlar: sajdaga egilganda bolani yonlariga qo‘yganlar, keyin turayotib yana qo‘llariga ko‘tarib olganlar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam sajda qilyotganda yelkasiga o‘tirib olgan kichkina qizaloq voqeasi ko‘pchilikka ma’lum. U Zaynab onamizning qizi Umama edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o‘shanda ushbu holatida shunchalik uzoq qolib ketdilarki, sahobalar Rasulullohga sollallohu alayhi va sallam go‘yoki nimadir bo‘ldi va U kishi bu dunyoni tark etdilar deb o‘ylaganlar. Namozni tugatib, o‘rinlaridan turganlarida shunday dedilar: “Elkamga nabiram chiqib oldi, men uni bezovta qilishni istamadim”. Shunday qilib, Alloh bizga bajarib bo‘lmaydigan hech bir narsani yuklamadiki, ona namozni o‘z vaqtida o‘qishi mumkin. Bola yana sal kattaygandan so‘ng ota-onasi qilayotgan harakatni takrorlashga harakat qiladi, ularning yonida turib birga namoz o‘qiydigan bo‘ladi, buning uchun farzandingizning o‘zida kichik joynamoz bo‘lgani yaxshiki, har doim sizning joynamozingiz yonida turadi. Namoz o‘qish kundalik hayotning bir qismi, musulmonning asosiy majburiyati bo‘lmog‘i lozim, shundagina farzandlar bolaligidanoq namozni naqadar muhimligini anglab yetadilar.

2. Bolaligidan namozga o‘rgating.

Namoz o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy emas, lekin kelgusida ularning o‘zlari namoz o‘qish istagini bildirishi uchun bolaligidanoq o‘shanga sharoit yaratib borish afzalroq. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bolani yetti yoshdan namozga o‘rgatishga buyurganlar. Ko‘pchilik maslahat berishicha, ota-ona bolalarini kichkinaligidanoq bomdodni o‘qish uchun uyg‘otgani afzalroq, chunki keyinchalik ularda yaxshi ko‘nikma shakllanadi – bomdodga, namoz ular uchun farz bo‘lgan yoshda hech qiyinchiliksiz uyg‘onadigan bo‘lishadi. Uyingizni bir burchagi yoki alohida xonasini namoz o‘qish uchun ajrating. Agar namoz uchun uyingizda maxsus joy tashkil etsangiz, farzandlaringiz namoz qanchalik muhimligini tushunib yetishadi. Farzandingizga bu joy namoz o‘qish uchun ekanligi va bu yerni hamisha pokiza saqlash kerakligi haqida aytib boring. Namoz uchun joy xozirlangandan so‘ng, u yerga ibodat uchun maxsus kiyim qo‘yishingiz va namoz vaqtlari ko‘rsatilgan jadvalni ilib qo‘yishingiz mumkin.

3. Yordamchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar yasang!

Bolalar har qanday narsani rasm, jadval va ko‘rgazmali qo‘llanmalar yordamida yaxshi o‘zlashtirib oladi. Bolangiz bilan namoz vaqti haftaning qaysi kuni qachonga to‘g‘ri kelishi, hijriy yil va oylarning nomlanishi ko‘rinib turadigan islomiy taqvim yasang. Ushbu taqvimdan foydalana turib, siz islomiy oylarni yodlatishingiz,  vaqt atalmish tushuncha bilan tanishtirishingiz va kunni to‘g‘ri rejalashtirishning muhimligini farzandingizga singdirib borishingiz mumkin. Yana bir usul – shunday jadval tuzingki, unda har bir o‘qilgan namoz qayd qilib borilsin, jadval yakunlanishi bilan bolangizni taqdirlang. Keyingi yordamchi qo‘llanma “Namoz daraxti” bo‘lishi mumkin. Buning uchun daraxt rasmini chizish kerak bo‘ladi, farzandingiz esa unga barglar chizib boradi:

•  O‘z vaqtida o‘qilgan namoz uchun – yashil barg, bu farzandga Alloh undan rozi ekanligini bildiradi.

• Namozni kechikib o‘qigani uchun – to‘q sariq barg, bu ogohlantiruvchi belgi, ya’ni musulmon namozni o‘z vaqtida o‘qimasligini Alloh xush ko‘rmaydi. Bunga boshqa yo‘l qo‘ymaslik kerak.

•  O‘qilmagan namoz uchun – qizil barg, bu Alloh undan norozi ekanligini bildiradi va farzand bu xatosi uchun Allohdan kechirim so‘rashi kerak bo‘ladi.

4. Farzand namoz yoshiga yetgan kunni nishonlash

Bolangiz islomiy yetti yoshga to‘lganida “Namoz bayrami”ni nishonlash maqsadga muvofiqdir. Bolangizga shaxsiy joynamoz, alohida kiyim, namoz o‘qish uchun qo‘llanma, namozga uyg‘otadigan soat sovg‘a qiling. Namozning ahamiyati haqida so‘zlab bering, Islom asoslari bo‘yicha viktorina o‘ylab  toping, bolalar o‘rtasida namoz bo‘yicha konkurs o‘tkazing. Ko‘plab boshqacha g‘oyalar farzandingiz uchun juda muhim bo‘lgan bu hodisani alohida ajratib ko‘rsatishingizga yordam beradi.

5. Farzandingizga Rasulullohni  sollallohu alayhi va sallam yaxshi ko‘rishni o‘rgating!

Ota-onaning birinchi vazifasi farzandga Rasululloh  sollallohu alayhi va sallam haqida dastlabki bilimlarni berishdir: Makkada tug‘ilganlari, Madinaga hijrat qilganlari va o‘sha yerda vafot etganlari va hokazolar haqida. Payg‘ambarimiz  sollallohu alayhi va sallam haqidagi hikoyalar sizning tarbiya jarayoningizning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lishi kerak, buning natijasida bolalarda sekin-astalik bilan Payg‘ambarimizga sollallohu alayhi va sallam bo‘lgan muhabbat paydo bo‘ladi, bolalarni Rasululloh  sollallohu alayhi va sallam nima qilgan bo‘lsalar, o‘shanday ishlarni qilishga undaydi.

6. Bolalarni namozga sekin-astalik bilan o‘rgating. “Mayda qadamlar” usulidan foydalangan holda

Bolani qisqa muddat ichida namozga o‘rgatish juda qiyin. Avvalboshdan bolani tozalikka o‘rgatib boring, unga birinchi bo‘lib duo qilishni o‘rgating, Qur’ondan kichik oyatlarni yodlating. Bolangiz qachon o‘zining ilk namozini o‘qishga tayyorligini o‘zingiz fahmlaysiz. Undan darrov barcha ibodatlarni qilishni talab qilmang. Bu jarayonni cho‘zishga harakat qilingki, toki farzand o‘zida har kungi namozga sekinlik bilan ko‘nikma xosil qilsin. Dastlab kuniga bitta namoz o‘qishni buyuring, ma’lum vaqtdan so‘ng yana bittani qo‘shasiz, shu tarzda farzand yetti yoshga to‘lguncha besh vaqt namoz o‘qishga o‘rganib oladi. Bu borada farzandingizni har safar rag‘batlantirib borishni unitmang!

7. Izchillikka rioya qiling!

Ota-onaning majburiyati – farzandining namozni qanday o‘qishi, o‘z vaqtida o‘qimoqdami, namozni o‘tkazib yuborishga yo‘l qo‘ymasligi, o‘z ibodatlarida yalqovlik qilmasligini kuzatib borishi kerak. Agar ota-ona har doim bolani nazorat qilib borsa, bu farzand namoz yoshigacha bo‘lgan davrga kelib bolada namozga ko‘nikma xosil bo‘lishiga olib keladi. Bu borada ota-ona bolasi uchun juda yumshoq uslubni tanlashi kerak. U namozni yaxshi ko‘rishi, namozni ota-onasi talab qilyotganligi uchun o‘qimasligi kerak. Albatta bolani namozni ado qilib borayotgani uchun maqtab, taqdirlab boring, keskin tanqid, jazo va tanbehdan qochishga harakat qiling.

8. Ibodat vaqtini oila bilan o‘tkazish

Ibodatni birgalikda – ota farz namozlarda imom bo‘lib – oila bilan o‘qish farzandni namozga qiziqtiradigan bosh omil hisoblanadi. Ayniqsa bu ulg‘ayganda otasidek ota bo‘ladigan o‘g‘il bolalarga tegishlidir. O‘g‘il bolalarni juma kuni jamoat namoziga masjidga borishiga ham alohid e’tibor qaratmoq kerak. Musulmonni bir butun jamiyat sifatida ko‘rish, ko‘plab musulmonlar safida namoz o‘qish juda muhimdir.

9. Duo qiling

Eng muhimi – barcha holatda Allohdan yordam so‘rash, Undan farzandini namozga ko‘ngil qo‘yishini so‘rab duo qilish.

10. Namoz va sport

Namoz o‘zida sportni ham mujassam qilishi jihatiga alohida e’tibor qaratsangiz, bolangizda (ayniqsa u o‘g‘il bola bo‘lsa) namozga bo‘lgan mehrni uyg‘otish Siz uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Mardon O‘g‘uz

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

«Jumanji» aktyori vahshiylarcha o‘ldirildi

Лос-Анжелес полицияси америкалик актёр Жеймс Хэндининг ўлдириб кетилиши юзасидан тергов ҳаракатларини олиб бормоқда.

Putin Frankenshteynga aylanadi va 200 yil yashaydi

Россия президентига аллақачон янги жигар ва юрак ваъда қилинган.

Rossiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligiga qarshi emas - Putin

Мен ҳатто янги президентлик муддати ҳақида ўйламайман ҳам, лекин конституция менга 2030-йилда номзодимни қўйишга имкон беради.

Yangi AES O‘zbekistonga nima beradi?

АЭС илм-фанни ривожлантириш, кадрлар тайёрлаш, саноатни ривожлантириш учун кучли таълим базасини яратади.

Ukraina dronlari hujumi oqibatida 5 nafar ozarbayjonlik qurbon bo‘ldi

Ҳозирда Озарбайжон Ташқи ишлар вазирлиги тегишли давлат идоралари ва хорижий органлар билан алоқа ўрнатган. Мамлакатнинг Россиядаги элчихонаси ходимлари воқеа жойига етиб борган.

Isroil Eron bilan urush vaqtida qo‘shinlarini maxfiy ravishda Ozarbayjonga joylashtirgan

CNN маълумотига кўра, Эрон билан қуролли тўқнашувлар давомида Исроил махсус операциялар бўлинмалари ва разведка ходимларини, жумладан «Моссад» агентларини Озарбайжон ҳудудига махфий равишда жойлаштирган.

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi: farzandlar uchun kurash davom etmoqda

Дубайда озарбайжонлик собиқ гимнастикачи Зейнаб Жавадли ҳибсга олинди.

Ruminiyaning Konstansa porti yaqinida dengiz droni portladi

Маҳаллий оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, ҳозирда Руминия қирғоқлари яқинида яна учта денгиз дрони аниқланган.

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

48 ёшли эркак Т.С. жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан, жамоат жойида бўла туриб уятсиз ҳаракатлар содир этган.

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

Жараёнда туман ФВБ ёнғин-қутқарувчилари томонидан сув устида, бошқарма қутқарув отряди қутқарувчилари томонидан эса сув остида қидирув ишлари узлуксиз олиб борилган.

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olayotgan bir paytda 11 nafar bemor kasalxobadan qochib ketdi — Bloomberg

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Эркак Қарши туманидаги хонадонида эшак сўйиб, гўштини турли бозорларда сотиб келган. Хонадонидан 247 кг гўшт ва қарийб 100 та эшак териси топилган.

Toshkentning 5 ta hududida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Бу эса метро поездлари ҳаракати ҳамда бекатлардаги ёритиш тизимлари фаолиятига ўз таъсирини кўрсатган.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.