Raqobat qo‘mitasi BAAda ro‘yxatdan o‘tgan Tapuz Limited kompaniyasining OLX Classifieds ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni sotib olishi bo‘yicha iqtisodiy konsentrasiya bitimini ko‘rib chiqib, rozilik berdi.
Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tahlillar davomida Tapuz Limited’ning asosiy aksiyadori bo‘lgan TBC Bank Group PLC O‘zbekistonda TBC Bank Uzbekistan raqamli tijorat banki hamda Payme to‘lov xizmatiga bilvosita egalik qilishi inobatga olingan. Shuningdek, Payme va OLX Classifieds raqamli platformalar sohasida ustun mavqega ega korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, qo‘mita Tapuz Limited O‘zbekistondagi boshqa onlayn reklama platformalari ustav fondlarida ulushga ega emasligini aniqlagan.
“Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitim bo‘yicha raqobat muhitini saqlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator majburiy talablar belgilangan holda iqtisodiy konsentrasiya bitimiga oldindan rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
TBC Bank Group’ga quyidagi talablar qo‘yilgan:
“TBC Bank Group PLC” kompaniyasi nazoratidagi raqamli platformalar orqali “OLX” raqamli platformasining hozirgi va kelgusidagi foydalanuvchilari uchun xizmatdan foydalanish shartlariga bir tomonlama va asoslanmagan tarzda ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaslik;
“OLX” raqamli platformasi orqali to‘planadigan yoki qayta ishlanadigan ma’lumotlardan foydalanishda, shuningdek “TBC bank” ATB va “Payme” AJbilan raqobatda bo‘lgan tijorat tashkilotlarining mijozlariga oid shaxsiy yoki tijorat ma’lumotlaridan raqobatni cheklash maqsadida foydalanmaslik yoki ularni oshkor qilmaslik, ustun mavqeni suiiste’mol qilmaslik hamda iste’molchilar huquqlarini kamsitmaslik choralarini ta’minlash;
OLX xizmatlari uchun to‘lovlarda foydalanuvchilarni faqat Payme yoki TBC Bank ilovalaridan foydalanishga majburlamaslik hamda boshqa to‘lov xizmatlari uchun teng sharoit yaratish;
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarga to‘liq rioya qilish.
Endilikda mamlakatdagi eng yirik e’lonlar platformasi “Payme” va “TBC Bank” egalari nazoratiga o‘tadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Самарқанднинг “Динамо” клуби Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Жаҳонгир Ўрозов бўйича келиб тушадиган трансфер таклифларини кўриб чиқишга тайёр.
“Аждаҳо уйи” сериалининг янги фасли рекламаси учун тайёрланган ушбу учувчи модель кўпикли пластмасса, углерод толаси ҳамда алюминийдан ясалган бўлиб, унинг вазни 13 кгни ташкил этган.
Россия президенти Владимир Путин Украина томонидан Россия ҳудудига уюштирилаётган ҳужумларга Москва янада кучли ва кескин жавоб қайтаришини маълум қилди.
Жанубий Кореянинг собиқ президенти Юн Сок Ёл сайловолди кампаниясини молиялаштириш тўғрисидаги қонунни бузганлик бўйича ишда икки йилга озодликдан маҳрум этилди.
Агентликнинг ёзишича, Европа Иттифоқи Хитойга бўлган иқтисодий қарамликни камайтириш ва муҳим таъминот занжирларини диверсификация қилиш мақсадида норасмий равишда "бирдамлик воситаси" деб номланган янги молиявий механизмни ишлаб чиқмоқда.
Июнь ойида Германияда иссиқлик тўлқинлари туфайли тахминан 5,1 минг киши вафот этди. Роберт Кох институти олимлари бундай об-ҳаво шароитлари баъзи одамлар учун хавф туғдиришда давом этишини башорат қилмоқда.
Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) матбуот хизмати тарқатган маълумотга кўра, Мўжтаба Хоманаий АҚШ ва Исроилдан Али Хоманаий ҳамда бошқа эронликларнинг ўлими учун қасос олишга ваъда берди.
Исроиллик кўчманчилар томонидан босиб олинган Ғарбий Соҳилнинг Ал-Халил (Хеврон) ва Наблус ҳудудларида уюштирилган ҳужумлар оқибатида етти нафар фаластинлик жароҳат олди. Жабрланганлар орасида икки нафар бола, тўрт нафар аёл ва бир кекса эркак бор.
Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков АҚШ Украинага Россия инфратузилмасига ҳужумларни тўхтатиш учун босим ўтказишга тайёрми ёки йўқми, деган саволга Оқ уй жавоб бериши кераклигини билдирди.