Farg‘onada sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi

A A A
Farg‘onada sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida o‘nlab korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda. Yaqinda bu yerda “BNBM Building Materials Central Asia” korxonasi ochildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida ushbu korxonani ko‘zdan kechirdi.

Korxonaga 30 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij investisiyasi yo‘naltirilib, yiliga 30 million kvadrat metr gipsokarton va 4 million kvadrat metr dekorativ gipsokarton ishlab chiqarish quvvati yaratildi. 200 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Shu yerda Farg‘ona viloyatidagi yangi majmualarni ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Bular - Beshariq tumanidagi “Farg‘ona Yasin qurilish mollari”, Uchko‘prik tumanidagi “Mollis” va “Proker”, Rishton tumanidagi “Chinor plyus – 2020”, Toshloq tumanidagi “Ekspo kollor prin teks”, Farg‘ona tumanidagi “Bahodir Log‘on tekstil”, O‘zbekiston tumanidagi “Sement xomashyo savdosi”, Qo‘shtepa tumanidagi “Global Tekstayl Infiniti” korxonalari, shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam hamda kardiologiya ilmiy-amaliy markazlari filiallaridir.

Shundan so‘ng, Prezident raisligida investisiyalarni jalb etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Videoaloqa orqali uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ham kuzatib bordi.

Saylovoldi uchrashuvida aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, viloyat iqtisodiyotiga faol investisiyalar jalb qilib, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha katta marralar olingani qayd etildi.

- Oldimizda hali yetti yil bor, bu ishlarni ertaga yoki keyingi yildan boshlaymiz, degan vazir yoki hokim qattiq adashadi. Chunki odamlarimiz saylovoldi dasturlarida ko‘tarilgan har bir tashabbus bo‘yicha aniq natijalarni bugundan kutayapti. Agar eng yuqoridan tortib, mahallagacha ish uslubi o‘zgarmasa, barcha darajadagi rahbarlar “har bir yangi kun – yangi imkoniyat” deb ishlashga o‘rganmasa, vaqtni boy berib qo‘yamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya jalb qilish bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi ayrim tuman va shaharlarning ko‘rsatkichlari qoniqarsizligini ko‘rsatib o‘tdi.

Misol uchun, Farg‘ona shahrida o‘tgan yilning olti oyida bor-yo‘g‘i 25 million dollar investisiya kiritilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu raqam atigi 12 million dollarni tashkil qilmoqda. Marg‘ilon shahrida, O‘zbekiston, Bog‘dod, Toshloq tumanlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning yarmiga ham yetmaydi.

Bir paytlar sanoat bo‘yicha peshqadamlardan biri bo‘lgan Farg‘ona hozir respublikada 12-o‘ringa tushib qolgani ko‘rsatib o‘tildi. Sanoat salohiyati yetarlicha ishga solinmayapti. Misol uchun, birinchi yarim yillikda sanoat hajmi Toshloqda 17, Qo‘qonda 3 foizga, Oltiariqda 1,3 foizga va Quvada 1,2 foizga kamaygan.

Aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash bo‘yicha ham ahvol yaxshi emas. Joriy yilda viloyatda qurilishi rejalashtirilgan 212 ta uy-joydan bugungi kungacha 42 tasi foydalanishga topshirilgan, xolos.

Viloyatda xizmatlar sohasi rivoji ham qoniqarli emas.

Umuman, viloyatda 2022 yilning olti oyida faoliyatini to‘xtatgan korxonalar soni 2,5 mingtani tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 14,5 mingtaga yetgan.

Yil boshida respublika bo‘yicha 60 ta tuman to‘rtinchi va beshinchi toifalarga kiritilib, ularni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur boshlandi. Farg‘onada ushbu toifalarga kirgan Furqat, Yozyovon va So‘xdagi tadbirkorlar o‘tgan olti oyda 30 milliard so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan. Lekin mazkur tumanlarda natija ko‘rinmayapti. Ahvol yaxshilanishi o‘rniga, ulardagi tadbirkorlar tushumi o‘tgan yilga nisbatan kamayib ketgan.

Sanoat zonalarida katta maydonlar bo‘sh turganligi, viloyatdagi 19 ta tuman va shahar hokimlari ularni tadbirkorlarga taklif qilib, mavjud imkoniyatlardan foydalanmayotgani tanqid qilindi.

- Shuncha bo‘sh joylar turib, hokimlar sanoat zonalari uchun qishloq yerlari toifasini o‘zgartirish bo‘yicha murojaat qilishdan charchamayapti. Eng achinarlisi, viloyatda ishlab chiqarish bo‘lgan davlat ob’ektlarini xususiylashtirib, ular o‘rnida yakka tartibdagi uy-joylar qurib yuborish holatlari bor, - dedi davlatimiz rahbari

Bosh prokuratura, Kadastr agentligiga bunday holatlarni tekshirib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi. Bundan buyon, sanoat maqsadlari uchun mo‘ljallangan yerlar toifasini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar faqat Hukumat komissiyasi roziligi bilan amalga oshirilishi belgilandi.

Dehqonlarga ekin yerlarini ijaraga berish ishlari ham nomiga tashkil qilingani, yashash joyidan yoki suvdan uzoq yerlar ajratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, 32 foiz yer egalariga tuman hokimligi tomonidan hech qanday yordam ko‘rsatilmagan. Inflyasiyani jilovlash, bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ham qoniqarsiz ekani qayd etildi.

Faoliyatidagi jiddiy kamchiliklari, ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi bir qator rahbarlar lavozimidan ozod qilindi.

Viloyatning ishga solinmagan imkoniyatlarini aniqlash va ularni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha har bir tuman va shaharga respublikadan mas’ullar biriktirilgan. Ular tomonidan 2 milliard dollarlik qo‘shimcha zaxiralar aniqlangan va tadbirkorlar bilan uchrashib, loyihalar shakllantirilgan.

- Agar hokimlar vaqt ajratib, tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning dardiga quloq solsa, tashabbuslarini tinglasa, viloyatdagi tumanlarning barchasi yil yakuniga qadar bemalol kamida 100 million dollardan investisiya jalb qilishi mumkin, - dedi davlatimiz rahbari.

Davlatimiz rahbari Quva va Beshariq tumanlari misolida ushbu imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.

Prezident Farg‘onada boshlangan ushbu tajribani barcha hududlarda yo‘lga qo‘yish uchun yil yakuniga qadar safarbarlik e’lon qildi. Har bir tuman uchun yil yakunigacha kamida 100 million dollardan investisiya jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Minimal iste’mol xarajatlari miqdori 500 ming so‘mdan 570 ming so‘mga oshirilgani sababli Farg‘onada yana 9 ming oila kambag‘al toifasiga qo‘shildi. Shu bois mutasaddilarga ushbu oilalarning har biriga hokim yordamchilarini biriktirib, ularning daromadini oshirish choralarini ko‘rish topshirildi.

Farg‘onada aholiga dehqonchilik uchun auksionga chiqarilib, talabgor aniqlanmagan 1 ming 157 gektar ekin yerlarini aholi uchun qulay hududlarga almashtirish, bu yerlarda kamida 15 ming ish o‘rni yaratishga ko‘rsatma berildi.

Yig‘ilish yakunida hudud va sohalar rahbarlari hisobot berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

OTMga davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish ballari belgilandi

2025/2026 ўқув йили учун олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида минимал ўтиш бали ўзгаришсиз қолди.

Isroil Rossiyani Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishdan tiyilishga chaqirdi

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Madaniyat vaziri korrupsiyada ayblanib sudga tortiladi

Маданият вазири коррупция ва мансаб ваколатини суиистеъмол қилишда айбланиб судланади.

Hindiston o‘z talabalariga O‘zbekistondagi universitetda o‘qishni taqiqladi

Душанба куни Ҳиндистон Тиббиёт Кенгаши (NMC) тиббиёт йўналишидаги абитуриентларга Марказий Америкадаги учта ва Ўзбекистоннинг бир тиббиёт университетига бакалавриат даражасида тиббий таълим олишдан қатъий тийилишни қатъий тавсия қилди.

Dunyoda go‘zal bir xalq borki, uning madaniyati butun dunyo e’tiborini tortmoqda

Дунёда 100дан ортиқ давлат борки, уларнинг ҳар бирига хос тарих, маданият ва миллийлик бор ва булар инсонни ўзига жалб қилади. Дунёда гўзал бир халқ борки, унинг маданияти бугун бутун дунё эътиборини тортмоқда. Сиз Қорақалпоғистон ҳақида билармидингиз?!

Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi

Сўнгра беморнинг ҳаёти ва соғлиғини хавф остига қўйиб, бирор-бир тиббий кўрсатма бўлмагани ҳолда унинг “чап оёқ сон соҳасини ампутация қилиш” режасини ишлаб чиққан.

Bugundan mijozlarga kredit ajratishda yangi tartib kuchga kiradi

Агар сиз охирги 6 ойда банкдан ҳеч қандай кредит олмаган бўлсангиз ёки илк марта кредитга мурожаат қилаётган бўлсангиз, банк қарз юкини ҳисобламаслиги мумкин.

Isroil Turkiyaning qaroridan bezovta bo‘lmoqda

Шунга қарамай, улар турк ҳаво кучлари сафига қўшилса, Анқаранинг тийиб туриш имкониятларини сезиларли даражада кучайтиради.

Er tezroq aylana boshladi – tadqiqot

Сайёра тезроқ айланмоқда, 10 июль йилнинг энг қисқа куни бўлди, у стандарт 24 соатдан 1,36 миллисонияга камроқ давом этди. Бу ҳақда DW халқаро Ер айланиш хизмати ва АҚШ ҳарбий-денгиз обсерваториясига таяниб хабар бермоқда.

Qarisi bor uyning soliq imtiyozi bor

Имтиёзлар пенсия гувоҳномаси асосида берилади.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

G‘arb nega Rossiyadan Ukrainaga urushni to‘xtatishni talab qilmoqda?

Бу ҳақда Россия Ташқи ишлар вазири Сергей Лавров айтиб ўтди.

Islombek Ismoilovga ta’ziya izhor qilamiz

Ўтганларнинг охирати обод бўлсин!

Sulton Ali Rahmatov olamdan o‘tdi

Бу ҳақда унинг жияни маълум қилди.

Taniqli o‘zbek sportchisi Shavkat Rahmonovning oilasi falokatga uchragani aytilmoqda

Ҳодиса натижасида икки йўловчи воқеа жойида вафот этган.

O‘z qizini zo‘rlagan otaga hukm o‘qildi

Бу ҳақда ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги директори ўринбосари Шаҳноза Мирзиёева маълум қилди.

Xakerlar Fransiyaning yadroviy sirlarini o‘g‘irladi

Бу ҳақда France3 телеканали хабар берди.

“Qo‘ziqorin bino” mashmashasi: yetarli maxsus texnikalar bo‘lmaganligi sababli, ijro haraktlari bir necha bor to‘xtatilgan edi

2025 йилда давлат ижро органлари суд қарорини бажаришга киришди. Айни пайтда махсус техникалар жалб этилган, бино қисмларининг бузилиши бошланган.

Ustyurtda haydovchi g‘oyib bo‘lganmi?

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги томонидан олиб борилган қидирув ишларидан сўнг икки кун деганда юк машинасининг ўзи топилган.

Namanganda ikki bola Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketdi

Ўсмирлардан бирининг жасади 26 июл куни топилган. Иккинчи ўсмирнинг жасади олти кундирки қидирилмоқда.

AQSh G‘aznachilik departamentini tunamoqchi bo‘lishdi

Гумонланувчига чегарани бузиш айби қўйилган.

«O‘zga sayyoraliklar yo‘lda»

Аммо баъзи тадқиқотчиларнинг фикрича, бу ниқобланган ўзга сайёраликлар кемаси бўлиши мумкин.

Turkiyada o‘rmonlarga ataylab o‘t qo‘yish holatlari aniqlandi — Turkiya Ichki ishlar vaziri

Сўнгги маълумотларга кўра, Туркиядаги кенг кўламли ўрмон ёнғинлари сайёҳлар орасида машҳур бўлган Бодрум, Мармарис ва Манавгат ҳудудларига яқинлашган

Tailand–Kambodja mojarosi turistik hududlarga yaqinlashmoqda

Таиланд ва Камбоджа ўртасидаги қуролли тўқнашувлар машҳур сайёҳлик шаҳарлар — Паттайя ва Бангкокдаги туризм салоҳиятига таҳдид солмоқда.

Samarqandda yangi Tracker yonib ketdi

Хабарга кўра, воқеа жойига 1 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 16:43 да етиб бориб, ёнғин соат 16:53 да ўчирилган.

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi janglar dengizbo‘yidagi kurortlarga yaqinlashdi — OAV

Бу ҳудудлар Бангкокдан атиги 200 км, машҳур Паттая курортидан эса 150 км узоқликда жойлашган.

Eronda jangarilar sud binosiga hujum uyushtirdi, qurbonlar bor

Маълумотларга кўра, суд биноси ташқарисида ҳам отишмалар бўлган, бино атрофидаги йўловчилар ҳам ўққа тутилган.

Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Адвокат маҳкумни қамоқдан чиқариш эвазига 30 минг доллар сўраган.

Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxs Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Бу ҳақда Озарбайжон Бош прокуратураси хабар берди.

Qashqadaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs qo‘lga olindi

У ушбу таълим учун ҳар бир ўқувчидан 100 АҚШ доллари миқдорида тўлов олган.

Filippindagi toshqinlar oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi

Яна 11 киши бедарак йўқолди хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Россиянинг «Ангара» авиакомпаниясига тегишли Ан-24 самолёти 24 июл куни Амур вилоятида ҳалокатга учради.

Gresiyada yirik o‘rmon yong‘ini: bir nechta qishloq aholisi majburan evakuasiya qilindi

Грециядаги қаттиқ иссиқлик фонида яна бир йирик ўрмон ёнғини келиб чиқди — бу сафар Коринф шаҳри яқинида, жанубий муниципалитетдаги тоғли ҳудудда. Ҳокимият маълумотларига кўра, ёнғин тез суратда тарқалган ва маҳаллий аҳоли ўз уйларини шошилинч тарк этишга мажбур бўлган.

AQSh Garvard universitetining chet ellik talabalar uchun vizaga homiylik qilish vakolati ustidan tergov boshladi

Бу ҳақда АҚШ давлат котиби Марко Рубио ижтимоий тармоқда ёзди.

G‘azoda ochlik xavfi: 100 dan ortiq insonparvarlik tashkiloti ogohlantirdi

Ғазо секторидаги очлик хавфи борасида “Save the Children”, “Chegarasiz шифокорлар” каби йирик ташкилотлар ҳам иштирок этган 100 дан ортиқ инсонпарварлик гуруҳи қўшма баёнот билан чиқди.

Ukrainada korrupsiyaga qarshi organlar vakolatlari cheklanishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi

Украина пойтахти Киев ва мамлакатнинг бир қатор шаҳарларида "Миллий коррупцияга қарши кураш бюроси" (НАБУ) ҳамда "Махсуслаштирилган коррупцияга қарши прокуратура" (САП) ваколатларини чекловчи қонунга қарши оммавий норозилик намойишлари бўлиб ўтди.

Украинада коррупцияга қарши органлар ваколатлари чекланишига қарши норозилик намойишлари ўтказилди

Украина пойтахти Киев ва мамлакатнинг бир қатор шаҳарларида "Миллий коррупцияга қарши кураш бюроси" (НАБУ) ҳамда "Махсуслаштирилган коррупцияга қарши прокуратура" (САП) ваколатларини чекловчи қонунга қарши оммавий норозилик намойишлари бўлиб ўтди.

Россия ва Украина учрашувларининг учинчи раундида тинчлик шартлари муҳокама қилинади

Истанбул Россия ва Украина ўртасида 2022 йил 24 февралда бошланган урушни тугатиш мақсадидаги тўғридан-тўғри музокаралар майдони бўлиб қолмоқда. Томонлар учинчи раундни ўтказишга ўзаро розилик берган.

Ғазода Исроил ҳужуми оқибатида 8 нафар фаластинлик ҳалок бўлди

Бу ҳақда WAFA ахборот агентлиги хабар берди.

Ер тезроқ айлана бошлади – тадқиқот

Сайёра тезроқ айланмоқда, 10 июль йилнинг энг қисқа куни бўлди, у стандарт 24 соатдан 1,36 миллисонияга камроқ давом этди. Бу ҳақда DW халқаро Ер айланиш хизмати ва АҚШ ҳарбий-денгиз обсерваториясига таяниб хабар бермоқда.

Ангренда 14 ёшли қиз 4 нафар йигит томонидан зўрланди

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани ва Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги томонидан алоҳида назоратга олинган.

Ўзбекистонликлар 1 миллиарддан ошиқ пулини Лабубуга ишлатиб юборишди

Жаҳон маркетплейсларида мазкур ўйинчоқ 22 доллардан 900 долларгача сотилмоқда. Миллий маркетплейсда эса мазкур ўйинчоқларни 45 минг сўмдан топиш мумкин.

Тошкент вилоятида ЙПХ машинаси иштирокида ЙТҲ юз берди

ЙҲХБ хабарига кўра, ҳар иккала ҳолатда ҳам ҳаракат иштирокчиларининг соғлиғига зиён етмаган.

Украинада Mirage 2000 қирувчи самолёти қулаб тушди

Украина ҳарбийларининг маълумотига кўра, парвоз вақтида авиация техникасида носозлик юзага келган.

Тошкентда самолёт бортида йўловчи аёлга шаҳвоний шилқимлик қилган эркак қамалди

Аёл эса эркакка бу ҳаракатларини тўхтатишини ва ўзини тўғри тутиши кераклигини айтишига қарамасдан, у ўз ҳаракатларини давом эттирган.

Қибрайда қурилиш моллари дўконида ёнғин чиқди

Хабарга асосан, ёнғинни ўчириш учун 5 та ёнғин-қутқарув экипажлари соат 10:57 да воқеа жойига бориб, 11:17 да ўраб олинган ва ёнғин соат 11:50 да тўлиқ ўчирилган.

Исроил Россияни Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб беришдан тийилишга чақирди

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Россия радикал каналларга обуна бўлган хорижлик фуқароларини мамлакатга киритмаяпти

Россия чегарачилари сўннги пайтларда Ўзбекистон ва Тожикистон фуқароларини радикал диний каналларга обуна бўлгани учун мамлакатга киритишдан бош тортмоқда. Бу ҳолат ТАСС агентлиги ўрганган 20 дан зиёд суд материалларида қайд этилган.

Эрондаги жазирама сув ва электр танқислигига олиб келди

Эронда кузатилаётган ғайритабиий иссиқ об-ҳаво туфайли сув омборларидаги сув сатҳи сўнгги бир асрдаги энг паст даражага тушди. Бу эса мамлакат бўйлаб сув ва электр таъминотида жиддий узилишларга сабаб бўлмоқда.

Исроил мудофаа кучлари сўнгги 24 соат ичида Ғазода ҲАМАСга тегишли ўнлаб манзилларни йўқ қилди

Бу ҳақда “Report” нашри IDF матбуот хизматига таяниб хабар қилди.

Эрдўған: Ғазодаги геноцидга сукут қилиш – жиноятга шерикликдир

Туркия Президенти Ражаб Тоййиб Эрдўған Истанбулда бўлиб ўтаётган IDEF-2025 мудофаа кўргазмасида нутқ сўзлар экан, Ғазода рўй бераётган воқеаларга нисбатан жаҳон ҳамжамиятининг сукутини қаттиқ танқид қилди.

Трамп: Обама ва демократлар Россиянинг 2016 йилги сайловларга аралашуви ҳақидаги ишни сохталаштирган

АҚШнинг собиқ президенти Дональд Трамп Барак Обамани 2016 йилги президентлик сайловларида Россия уни қўллаб-қувватлагани ҳақида жамоатчилик фикрини атайлаб шакллантирганликда айблади.

Ўзбекистонда ёзги электр истеъмоли қишки кўрсаткичдан ҳам ошиб кетди

2025 йил 16–21 июль кунлари давомида кузатилган жазирама иссиқ сабабли мамлакатимиз энергетика тизимида янги тарихий рекорд қайд этилди.

ДХХ: 22 кг.дан ортиқ гиёҳвандлик воситалари мусодара қилинди

Ҳозирда барча ҳолатлар юзасидан мазкур шахсларга нисбатан жиноят ишлари қўзғатилиб, қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилди.

Техасдаги тошқиндан сўнг йўқолганларнинг аксарияти топилди

Бу ҳақда CNN телеканали маҳаллий ҳокимиятга таяниб хабар берди.

Суриянинг Ас-Сувейда вилоятидаги тўқнашувларда 426 киши ҳалок бўлди

Бу ҳақда Сурия Инсон ҳуқуқлари тармоғи (SNHR) ўз ҳисоботида маълум қилди.