Farg‘onada qalbaki meneral o‘g‘it ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyati fosh etildi

Farg‘onada qalbaki meneral o‘g‘it ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Q. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan yashirin sex tashkil qilib, “Ammofos-Maxam Ammophos” nomi ostidagi qalbaki yorliqlardan foydalanib, sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, voqea joyidan 1 dona qadoqlash dastgohi va 35 qop mineral o‘g‘it tayyorlashda qo‘shiladigan xom ashyo ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, fuqaro N.Q. “A.K.” MCHJ rahbari SH. bilan oldindan til biriktirib, yashirin sexda ishlab chiqarilgan sifat sertifikati bo‘lmagan “Ammofos” mineral o‘g‘itini soxta hujjatlar orqali 46,8 mln so‘mga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!