Farg‘onada fojia: beshikda yotgan chaqaloq qurbon bo‘ldi

Farg‘onada fojia: beshikda yotgan chaqaloq qurbon bo‘ldi

2019 yilning 7 noyabr kuni soat 13:24da Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Navbaxor MFY Yangiqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan 45-uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 2018 y.t. qizcha tutundan zaharlanib, voqea joyida halok bo‘lganligi haqida Oltiariq tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam bo‘limidan tuman Ichki ishlar bo‘limiga xabar berilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Tezkor-tergov guruhi xodimlari tomonidan voqea joyiga borib, hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, yashash xonada nosoz elektr isitish moslamasini yoqiq holda nazoratsiz qoldirilishi natijasida uyning 5 kv.metr maydonda pol qismi va ichki jihozlari yonib zararlanganligi, achinarlisi shu xonada beshikda bo‘lgan chaqaloq tutundan zaharlanib, vafot etganligi ma’lum bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!