Farg‘onada 5 kishi kriptoaktiv hamda mayning qurilmalari sabab davlatga 7 mlrd 14 mln so‘m miqdorida zarar yetkazdi

Farg‘onada 5 kishi kriptoaktiv hamda mayning qurilmalari sabab davlatga 7 mlrd 14 mln so‘m miqdorida zarar yetkazdi

Farg‘ona viloyatida 23 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 7 mlrd 315 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Joriy yilning 1 – 8 fevral kunlari Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan DXX, Bosh prokuratura va IIB hamda elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan 23 ta holat aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tizimga 7 mlrd 315 mln so‘m zarar keltirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Misol uchun, Farg‘ona shahri va Furqat tumanida istiqomat qiluvchi 5 nafar fuqaro tomonidan o‘z yashash xonadonlarida kriptoaktiv va mayning qurilmalarni elektr tarmoqlariga noqonuniy ulab olishlari natijasida davlat manfaatlariga jami 7 mlrd 14 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!