Farg‘onada 10 ta qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Farg‘onada 10 ta qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Farg‘onada 10 ta qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi va 791 mln. so‘m qo‘shimcha kompensasiya to‘lovlari hisoblandi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

✅ O‘zbekiston tumani Sho‘rsuv shaharchasi hududida atmosfera havosiga belgilangan me’yordan ortiq sanoat tashlamalarini chiqarayotgan 10 ta qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati chang ushlash filtrlarini talabga moslashtirish to‘g‘risidagi majburiy ko‘rsatma bilan vaqtincha to‘xtatildi.

✅ Tibbiyot sohasida aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 34 ta taqdimnoma kiritildi, 49 ta noqonuniy hujjatlar qonunlarga muvofiqlashtirildi, 181 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 8 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 4 337 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

✅ 1409 nafar yoshlarning ish bilan ta’minlanishida, 262 nafarining kasb - hunar va xorijiy tillarni o‘rganish kurslarida o‘qitilishida, 1037 nafariga bir martalik moddiy yordam ajratilishida ko‘maklashildi.

✅ Ayollar va Yoshlar daftarlariga kiritilgan 13 435 nafar xotin - qizlar va 11535 nafar yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab - quvvatlashga doir ishlar davom ettirilmoqda.

✅ Shuningdek, prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilalarga har tomonlama ko‘mak berilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!