Farg‘ona vodiysidan gekkonlarning jahon faunasi uchun yangi turi topildi

Farg‘ona vodiysidan gekkonlarning jahon faunasi uchun yangi turi topildi

Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ilmiy xodimlari tomonidan Farg‘ona vodiysida yashovchi kamyob va endemik sudralib yuruvchilarning terisidan olingan namunalar ustida olib borilgan genetik tadqiqot natijalariga ko‘ra dunyo faunasi uchun ilk marotaba Alsophylax sp. gekkoni aniqlandi.

Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berishicha , Farg‘ona vodiysida ko‘plab zoologik tadqiqotlar o‘tkazilganiga qaramay, bu tur endigina kashf etildi. Bu, ehtimol ushbu turning maxsus biologiyasi va ekologiyasi bilan bog‘liq. Ushbu tur kichik o‘lchamga ega bo‘lib, voyaga yetganlarining kattaligi boshi bilan o‘rtacha 3 - 3,5 santimetrni tashkil qiladi. Bu tur faqat tungi faol bo‘lib, xavf tug‘ilganda tuproqning yoriqlari va notekis joylariga yashirinadi. Shuningdek, bu tur akustik signallar yordamida muloqot qiladi.

Aytish joizki, bu tur hozirgacha faqat O‘zbekiston hududida topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!