Farg‘ona viloyatida bir erkak pichoqlandi

Farg‘ona viloyatida bir erkak pichoqlandi

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida 2018 yil 10 noyabr kuni “G‘alaba” MFYda yashovchi I.A. “Doimobod” qishlog‘i hududida o‘zaro janjal sabab shu qishloqda yashovchi A.X.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, A.X. kasalxonaga yotqizilib, I.A. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!