Farg‘ona tumanida reklama uchun ko‘chaga qo‘yilgan 5.000.000 so‘mlik temir darvoza o‘g‘irlab ketildi

Farg‘ona tumanida reklama uchun ko‘chaga qo‘yilgan 5.000.000 so‘mlik temir darvoza o‘g‘irlab ketildi

Farg‘ona tumanida fuqaro T.A IIBga murojaat qilib, unda 05 yanvar kuni noma’lum shaxs O‘rtasho‘ra mahalla hududiga reklama uchun qo‘yilgan 5.000.000 so‘mlik temir darvozasini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!