Fan oyligi: «Fizika va hayot»

Fan oyligi: «Fizika va hayot»

Bugungi taraqqiyot zamonida har bir soha birmuncha yutuq va marralarni ko‘zlab o‘z oldiga maqsad qo‘yib, ulkan ishlarni olib bormoqda. Albatta, bu maqsadli sohalar qatorida ta’lim yo‘nalishidagi keng ko‘lamli islohotlarni alohida e’tibor bilan tilga olish joiz. Jumladan, har bir fanni mukammal o‘qitishni olib borish hamda ularning sohadagi yutuqlarini sezilarli darajada oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yil oylarini fanlar kesimida taqsimlab, fan oyliklarini tashkil qilish amalga joriy etilgan. Xuddi shunday oyliklar qatorida mart oyi ham fizika fani oyligi deb e’tirof etilgan.

Shu oylik doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-umumta’lim maktabida ham Fizika va hayot nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida esa o‘quvchilar o‘rtasida tezkor savol-javob, masalalar yechish, fizik olimlar haqida nimani bilasiz? top viktorinasi hamda amaliy shartlar kabi bir qancha shartlar tashkil qilindi. Maktabning 8-sinf o‘quvchilarini to‘liq qamrab olgan bu tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Yuqorida sanab o‘tilgan shartlarni esa har bir 8-sinfdan saralangan 5 nafardan o‘quvchilar raqib jamoalar tarzida birlashib, o‘zaro musobaqalashishdi. Ayniqsa, amaliy shartlarni qamrab olgan fizik jihozlarni topish, ular bilan amaliy ish (vazifa) bajarish kabi kichik-kichik qiziqarli bo‘limlar o‘quvchilar bilimini boyitish bilan bir qatorda, bu fanga bo‘lgan qiziqishlarini yana bir karra oshirdi. Formulalar dunyosi, fizik jarayonlarning ajoyibotlari har bir qatnashchi va o‘quvchilarni o‘z olamiga olib kirdi.

O‘quvchilar ongida jamoa bo‘lib ishlash, har qanday vaziyatda yonidagi sherigini his qilish kabi insoniy fazilatlarning shakllanuvida ham tadbir ma’lum darajadagi turtki vazifasini o‘tadi. Eng muhimi, bitta tadbir ko‘rinishida o‘quvchilarning chorak mobaynida olgan fizik bilimlari yanada mustahkamlandi. Tadbir yakunida esa eng faol o‘quvchilar munosib rag‘batlantirildi. Hamma jamoadan bilim va salohiyati ustun kelgan, maktabning 8- D sinfi jamoasi esa tadbir g‘olibi deb topildi.

Har bir oyda bu kabi fan oyliklaring tadbirlar, ochiq darslar ko‘rinishida tashil etilishi o‘quvchilarning fanlarga va bilim olishga bo‘lgan qiziqish-ishtiyoqlarini o‘stiradi. Egallagan bilimlarini esa puxta takrorlashlariga zamin yaratadi. Fanlarni o‘z vaqtida mukammal o‘zlashtirgan yoshlar ertangi kunda yurtga, elga nafi yuqori bo‘lgan mutaxxasis kadrlar bo‘lib yetishadilar.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktab fizika fani o‘qituvchisi
Boltayeva Gulizar


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!