Falastin Bosh vaziri iste’foga chiqdi

Falastin Bosh vaziri iste’foga chiqdi

Falastin bosh vaziri Muhammad Shtaye prezident Mahmud Abbosga hukumatini iste’foga chiqarishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Falastin hukumati rahbarining o‘zi bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Ramalloh shahrida o‘tkazilgan haftalik brifingda ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, u o‘z qarori haqida prezidentni 20 fevral kuni xabardor qilgan.

Shtayening aytishicha, kelgusi davrda G‘azo sektoridagi voqealar kontekstida hukumat darajasida yangi qonunchilik asoslari talab qilinadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin ma’muriyatini ma’muriy qurolga aylantirishga harakat qilinmoqda. Shtaye Falastin ma’muriyati Isroil harakatlariga qarshi kurashni davom ettirishini qo‘shimcha qildi.

U Falastin davlati tuzilmaguncha Isroilga qarshi kurashni davom ettirishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!