Evropada 16 000 ga yaqin maymunchechak kasalligi aniqlangan

Evropada 16 000 ga yaqin maymunchechak kasalligi aniqlangan

Evropa mintaqasidagi 38 mamlakat va hududlarda 15 926 nafar insonda maymunchechak kasalligi aniqlangan. Bu haqda chorshanba kuni Yevropa kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi (ECDC) ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS agentligi.

2022 yil 2 avgust holatiga ko‘ra, TESSy Yevropa kuzatuv tizimi orqali Yevropaning 32 mamlakatidan 15 624 ta holat qayd etilgan, ulardan ikkitasi o‘lgan. "TESSy xabar qilingan 15 624 ta holatning 15 524 tasi laboratoriya tomonidan tasdiqlangan. Simptomlar boshlanishining eng erta sanasi 2022 yil 11 martda qayd etilgan", - deyiladi xabarda.

Eng ko‘p infeksiyalar 31 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan odamlarda (41%) va erkaklarda (99,1%) bo‘lgan. Ko‘pincha infeksiyalanganlar toshma (94,8%) va isitma, charchoq, mushak og‘rig‘i, titroq yoki bosh og‘rig‘i (65%) kabi tizimli alomatlar bilan murojaat qilishadi. 399 kishi (5,6%) kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 150 nafari stasionar yordamga muhtoj.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!