Evropa Trampga keskin javob berishga tayyorlanmoqda

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp alyuminiy va po‘latga 25 foizli bojxona to‘lovlari joriy etilishini e’lon qildi. Bu qaror Yevropa Ittifoqida keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi bu choralarga qattiq va mutanosib javob qaytarishini ta’kidladi:
«Evroittifoqqa qarshi asossiz tariflar jazosiz qolmaydi. Biz o‘z iqtisodiy manfaatlarimizni himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘ramiz», — dedi u.
❕ Yevropa Ittifoqining savdo bo‘yicha komissari Marosh Shefchovich hozirda bu qaror natijalari tahlil qilinayotganini va Bryussel javob choralarini tayyorlayotganini bildirdi.
Trampning tarif siyosatiga eng kuchli e’tiroz Germaniyada yangradi, chunki u nemis avtomobil sanoatiga ham zarar yetkazishi mumkin. Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa davlatlarini birlashishga chaqirdi:
«Agar AQSh bizning iqtisodiyotimizni nishonga olgan bo‘lsa, biz Yevropa birdamligiga boshqalarga qaraganda ko‘proq tayanamiz», — dedi u.
Evropa parlamenti deputatlari ham AQShga qat’iy javob berish kerakligini aytmoqda. Deputat Yorgen Varborn Yevropa Ittifoqi savdoni himoya qilish vositalariga ega ekanini eslatib, lekin shoshqaloqlik bilan savdo urushiga kirishish noto‘g‘ri bo‘lishini ta’kidladi:
«Biz muzokaralarni davom ettirishimiz kerak. Savdo urushi Yevropa Ittifoqiga foyda keltirmaydi», — dedi u.
Biroq, boshqa deputatlar keskinroq chora ko‘rish tarafdori. Sosialistlar partiyasidan Irateks Garsiya AQSh iqtisodiyotiga aniq zarba berish uchun Amerika mahsulotlariga javob tariflari joriy etishni taklif qildi. U 2018 yilda Yevropa Ittifoqi AQShning boji javobida «Bourbon» viskisi va «Harley-Davidson» mototsikllariga soliqlar joriy qilganini eslatdi.
Hozircha Bryussel aniq choralar haqida e’lon qilgani yo‘q, lekin Yevropa va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy keskinlik yanada kuchayishi kutilmoqda.