Evropa standartlari asosida avtobus haydovchilarining malakasi oshiriladi

Evropa standartlari asosida avtobus haydovchilarining malakasi oshiriladi

📝Germaniyaning “Deutsche Bahn Academy” kompaniyasi mutaxassislari Toshkent shahri avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatayotgan haydovchilar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.

Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida avtobus saroylarida Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi xodimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi. O‘quv-seminarida avtobus haydovchilari tomonidan kunlik faoliyati davomida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etishda harakat xavfsizligiga mas’ul xodimlarning vazifalari yuzasidan tushunchalar berildi.

Hozirda “Deutsche Bahn Academy” mutaxassislari ishtirokida 4 ming nafar avtobus haydovchilari malakasini Yevropa standartlari asosida oshirish ishlari boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!