Evropa javob qaytardi: “Putin, bu ishing nomaqbul!”

Evropa javob qaytardi: “Putin, bu ishing nomaqbul!”

Evropa Parlamenti Polshani Ikkinchi Jahon Urushining boshlanishida aybdor deb hisoblashdan bosh tortdi. Bu haqda Yevropa Komissiyasi raisining Yevropa qadriyatlari va shaffofligini saqlash siyosatiga mas’ul o‘rinbosari Vera Yourova ma’lum qildi, deya xabar beradi “Lenta.ru”.

Ikkinchi Jahon urushi haqidagi munozaralar paytida Yourova Polshaga qilingan hujumlarga toqat qilmasligini va mamlakatni urush qurboni emas, balki aybdorga aylantiruvchi yolg‘on gaplarni hazm qilolmayotganligini aytdi.

Evropa xalqlari partiyasi rahbari Manfred Veber Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Molotov-Ribbentrop paktini oqlash va tarixni qayta yozishga urinishlarini nomaqbul deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, SSSR va Germaniya imzolagan ushbu hujjat Ikkinchi Jahon urushi boshlanishiga olib kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!