Evropa Ittifoqi Vengriyaga Rossiya neftiga embargo qo‘ygani uchun tovon puli taklif qilishga tayyor

Evropa Ittifoqi Vengriyaga Rossiya neftiga embargo qo‘ygani uchun tovon puli taklif qilishga tayyor

Evropa Ittifoqi Vengriyaga Rossiyadan neft yetkazib berishga embargo qo‘ygani uchun kompensasiya to‘lashga tayyor.

Evropalik uch amaldorning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi hafta taqdim etilishi kerak bo‘lgan Yevropa Ittifoqining yangi energiya strategiyasi REPowerEU doirasida mablag‘lar Vengriyaga yuborilishi mumkin.

Uning maqsadi 2030 yilgacha Rossiyaning qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramligini bosqichma-bosqich tugatishdir.

Bundan tashqari, nashrning ta’kidlashicha, Yevrokomissiya rahbari Ursulla fon der Leyen va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasidagi 9-may kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasiz yakunlangan va fon der Leyen seshanba kuni rejalashtirilgan navbatdagi videokonferensiya bekor qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!