Evropa Ittifoqi Rossiya neftini sotib olishga majbur

Evropa Ittifoqi Rossiya neftini sotib olishga majbur

Rossiya prezidenti Vladimir Putin neftni jahon bozorida boshqa xaridorlarga sotish orqali hozirgidan ham ko‘proq daromad olmasligi uchun Yevropa Ittifoqi Rossiya neftini sotib olishga majbur, dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen MSNBC telekanalida.

“Biz har doim iqtisodimizga ortiqcha zarar yetkazmaslik uchun to‘g‘ri muvozanatni topishimiz kerak... Agar biz bugundan boshlab Rossiya neftidan butunlay voz kechsak, u (Rossiya prezidenti Vladimir Putin) uni jahon bozorida sotishi mumkin bo‘ladi, u yerda narxlar ko‘tariladi va Putin ko‘proq pul topadi", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!