"Evropa Ittifoqi energetika va oziq-ovqatni qurolga aylantirdi"

"Evropa Ittifoqi energetika va oziq-ovqatni qurolga aylantirdi"

G‘arbning Moskvaga qarshi bir tomonlama sanksiyalari dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, aynan Yevropa Ittifoqi energetika va oziq-ovqatni qurolga aylantirdi. Bu haqda Rossiya Federasiya kengashi raisi o‘rinbosari Konstantin Kosachyov.

“Aynan Yevropa Ittifoqi, Rossiya emas, energetika, so‘ngra oziq-ovqat bilan o‘g‘itni qurolga aylantirdi”, - dedi u Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasi (ASEAN) parlamentlararo bosh assambleyasining 43-yalpi majlisida nutq so‘zlayotib.

Kosachyovning so‘zlariga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashini chetlab o‘tgan G‘arbning bir yoqlama sanksiyalari sabab vaziyat sezilarli yomonlashgan.

U YEI mamlakatlari portlarida dunyoning qashshoq mamlakatlari, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlkatlariga yetib kelmayotgan katta miqdordagi Rossiya o‘g‘itlari to‘planib qolganini ta’kidladi.

Rossiya Federasiya kengashi raisi o‘rinbosari dunyodagi inqiroz YEIning xato xatti-harakatlari sabab yuzaga kelganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!