Evropa Ittifoqi Brexit bo‘yicha Buyuk Britaniyaga yon berishga tayyor

Evropa Ittifoqi Brexit bo‘yicha Buyuk Britaniyaga yon berishga tayyor

Evropa Ittifoqi Brexitga aloqador masalalardan biri muhokama qilinadigan muzokaralarda Buyuk Britaniyaga yon berishga rozi.

"The Times" gazetasining xabar berishicha, YEI diplomatik manbalari Bryussel Shimoliy Irlandiya Assambleyasiga (bir palatali parlament) mintaqaning Brexitdan keyin Yevropa Ittifoqi standartlariga qancha vaqt amal qilishi kerakligini hal qilish huquqini berishga tayyorligini ta’kidlagan.

"Evropa Ittifoqi Brexit bitimini muhokama qilishda Buyuk Britaniyaga imtiyoz berishga tayyor, Shimoliy Irlandiya Assambleyasiga oldindan belgilangan muddat tugaganidan keyin yangi "bekstop" rejimini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga imkon beradigan mexanizmni yaratishga rozilik bermoqda", deb yozadi gazeta.

Nashr manbalariga ko‘ra, Bryussel Brexit bo‘yicha imtiyoz evaziga Londonga Irlandiya dengizida yagona bojxona chegarasi to‘g‘risidagi kelishuvni taklif qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!