Evropa issiq havoda "yona boshladi"

Evropa issiq havoda "yona boshladi"

Ayni kunlarda ko‘hna qit’aning janubiy qismi yilning ilk issiq to‘lqini bilan kurashmoqda. Turkiya viloyatlari va Kiprda o‘rmon yona boshladi, Afinadagi Akropol esa sayyohlar uchun vaqtincha yopildi.

“AzerTAJ” xabar berishicha, Shimoliy Afrikadan kelayotgan issiq havo oqibatida harorat juma kuniga qadar 40 darajadan oshishi kutilyapti. Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda besh xil yong‘in sodir bo‘lgan. Ikki xil holat nazorat ostiga olingan. G‘arbda va Qora dengiz bo‘yida o‘tni o‘chirish uchun samolyot va vertolyotlardan foydalanilgan.

Kiprning Polemi va Kurtuki qishloqlarida sakkiz kvadrat/kilometr joyda yovvoyi o‘simlik, qishloq xo‘jaligi ekini yongan. Fermer xo‘jaliklariga, 14 ta turar-joy binosiga jiddiy zarar yetgan. 49 kishi vaqtincha joylashtirish markaziga ko‘chirilgan.

Gresiya rekord darajadagi issiq tufayli maktablarni yopdi. Poytaxt Afinada chorshanba kuni kechqurun harorat 30 darajaga chiqdi. Rasmiylar mamlakat bo‘ylab shifokorlar safarbarligini e’lon qildi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi davlat xizmatchilariga uydan ishlash to‘g‘risida ko‘rsatma bergan. Kuchli jazirama dam olish kunlarigacha davom etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!