Evropa 18 mamlakat uchun chegaralarni ochmoqda

Evropa 18 mamlakat uchun chegaralarni ochmoqda

Evropa Ittifoqining Doimiy vakillar qo‘mitasi 1 iyuldan boshlab chegaralarini ochadigan 18 mamlakat ro‘yxatini e’lon qildi.

Bu haqda TASS Bryusseldagi diplomatik manbaga asoslanib xabar bermoqda.

Ammo Rossiya va AQSh uchun Yevropa chegaralari 1 iyuldan keyin ham yopiq qoladi. Ta’kidlanishicha, bunday qaror epidemiologik mezonlarga muvofiq qabul qilingan

Bloomberg xabariga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab Yevropa Ittifoqi Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya uchun ochiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, hozirda ushbu ro‘yxatga Xitoyni kiritish borasida munozaralar davom etmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!