Evroosiyo Ittifoqi Ishbilarmonlar kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Evroosiyo Ittifoqi Ishbilarmonlar kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 29 noyabr kuni, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshed Urakov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan «Rossiya sanoatchisi» xalqaro forum-ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

2023 yilgi Forum-ko‘rgazmaning asosiy mavzusi — «Barqarorlik va rivojlanish: asosiy texnologiyalar, davlatning roli, sanoat uchun kadrlar, xalqaro hamkorlikning yangi konturlari». Bu biznes va davlat, yetakchi texnologiya kompaniyalari, universitetlar, ilmiy tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes hamda xorijiy hamkorlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun platformadir.

🌍 Tadbirda Rossiyaning 36 mintaqasi va dunyoning 20 davlatidan 20 ming mehmon ishtirok etmoqda.

✍️ Forum doirasida Kengash raisi Aleksandr Shoxin va Jamshed Urakov ishtirokida Yevroosiyo Ittifoqi Ishbilarmonlar kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

🤝 Imzolangan Memorandum o‘rnatilgan aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikning mavjud yo‘llarini tahlil qilish va yangi yo‘nalishlarni topishga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!