Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi SSSRni tiklashga qaratilgan loyihami?

A A A
Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi SSSRni tiklashga qaratilgan loyihami?

Markaziy Osiyo mintaqasida kechayotgan integrasion jarayonlarda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) faol ishtirok etmoqda. Ittifoqqa hozirga qadar Rossiya, Belarus, Armaniston bilan birgalikda qardosh qo‘shnilarimiz – Qozog‘iston va Qirg‘iziston to‘laqonli a’zo bo‘lib kirgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari yillar davomida bir yoqadan bosh chiqarib, yagona mintaqaviy tashkilot tegrasida birlasha olmagani sabab Rossiya yetakchiligida tuzilgan, chuqur iqtisodiy hamkorlikni targ‘ib etadigan, xususan, tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin xarakatlanishiga asoslangan YEOII etagidan tutishga majbur bo‘ldi. So‘nggi paytlarda O‘zbekistonning ushbu ittifoqqa a’zo bo‘lishi borasida ham bahs-munozaralar kuchaydi. Keling, mazkur tuzilmaning O‘zbekiston hamda mintaqa davlatlari uchun musbat va manfiy jihatlarini tahlil etib ko‘rsak.   

Ikki yondashuv: iqtisodmi yo geosiyosat?

EOIIga nisbatan asosan ikki xil yondashuv shakllangan. Birinchi va keng tarqalgan yondashuvga ko‘ra, mazkur ittifoq Kremlning sobiq SSSR davlatlarini qayta birlashtirish, ularni Rossiya manfaatlariga bo‘ysundirishga qaratilgan loyihadir. Ayni chog‘da, Rossiya rahbariyati YEOII SSSRni qayta tiklash yo‘lidagi loyiha ekanini takror-takror rad etib keladi. Ammo aksar tadqiqotchilar Moskva raddiyalariga ishonmaydi. Bu yondashuv vakillari iqtisodiy ittifoqqa qo‘shilish oxir-oqibat mintaqa mamlakatlari mustaqilligi va suverenitetini cheklashga olib keladi deb ishonadi.

Ikkinchi guruh tahlilchilar esa YEOIIni faqat iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlovchi tashkilot o‘laroq baholaydi. Xususan, Qozog‘iston va Belarus rahbarlari ittifoq faqat iqtisodiy tuzilma ekani, uni tashkil etishdan siyosiy maqsad ko‘zlanmagan, umumiy tashqi siyosat yurgizish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas deb hisoblaydi. Ushbu yondashuv tarafdorlari tashkilot maqsadlarini siyosiylashtirmay, iqtisodiy jihatlarga ko‘proq ahamiyat berishga chaqiradi.

Yangi a’zolarga yordam: Qirg‘iziston tajribasi

Sir emas, Rossiya rahbariyati bir paytlar Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlarini YEOIIga a’zo bo‘lishga da’vat etib keladi. Bu borada xayrixoh mamlakatlarga hatto iqtisodiy va boshqa xarakterdagi yordam va’da qilingan. Xususan, Qirg‘iziston ittifoqqa a’zo bo‘layotganda, integrasiyalashuv jarayonida iqtisodiyotdagi ehtimoliy strukturaviy o‘zgarishlar oqibatini yengillashtirish, iqtisodiy va moliyaviy yo‘qotishlarni kompensasiya qilish va mamlakatning bojxona, fotosanitar va boshqa infratuzilmasini iqtisodiy ittifoq standartlariga moslashtirish uchun Rossiya tomonidan 200 million AQSh dollari miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish uchun rasmiy Moskva hisobidan Qirg‘iziston–Rossiya sarmoya jamg‘armasi tashkil etilgan. Mazkur jamg‘arma hozirgacha va’da qilingan 1 milliard AQSh dollaridan 300 million AQSh dollarini qabul qilgan.

Umuman, yangi a’zolarga bunday g‘amxo‘rlik ko‘rsatish xalqaro tajribada mavjud. Masalan, Yevropa ittifoqi iqtisodiy jihatdan qoloqroq yangi a’zo mamlakatlarga umumiy g‘aznadan har yili salmoqli iqtisodiy-moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi. YEOIIda esa yangi a’zolarni qabul qilishga doir xarajatlarning deyarli barchasini Rossiya o‘z zimmasiga olib kelgan.

Armaniston va Qirg‘iziston a’zolik istagini bildirganida, dastlab Belarus va Qozog‘iston iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlarni qabul qilishga qarshilik ko‘rsatgan. Biroq keyinchalik Qozog‘iston ham Qirg‘izistonga fotosanitar laboratoriyalarni YEOII darajasiga yetkazish uchun 100 million AQSh dollari miqdorida ko‘mak va’da qilgan. Avvalo, bu yordamni ajratish uzoq muddat paysalga solingan. Qolaversa, 2017 yil kuzida Qirg‘izistonda prezident saylovi paytida Ostona tomonidan muxolif nomzod ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlanishi natijasida munosabatlar buzilgan va ushbu yordam shartnomasi ham denonsasiya qilingan.

Qirg‘izistonda ittifoqqa a’zo bo‘lgach, muayyan qiyinchiliklarga duch kelgani rost. Ammo oradan uch yil o‘tib, mamlakat rahbariyati va mahalliy kuzatuvchilar yakdillik bilan ittifoqqa a’zo bo‘lish to‘g‘ri qaror bo‘lganini qayd etganlar. Alalxusus, mamlakat iqtisodiyotida tebranishlar bo‘lishi haqidagi bashorat o‘zini oqlamadi: oziq-ovqat mahsulotlari narxi  ko‘tarilib ketmadi, mahalliy sanoat korxonalari yangi raqobat muhitida kasodga uchramadi. Asosiysi, Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilayotgan 600 mingdan ortiq qirg‘izistonlik muhojir hayoti, deylik, O‘zbekiston yoki Tojikiston vatandoshlariga nisbatan ancha osonlashdi va pirovardida ular vataniga jo‘natayotgan mablag‘ miqdori ham sezilarli oshdi.

Ittifoq ichki nizolardan xoli emas

2019 yili tashkil topganining 5 yilligini katta tantana bilan nishonlangan YEOII a’zolari o‘rtasida savdo-iqtisodiy jabhada, kezi kelganda, siyosiy frontda kelishmovchiliklar ham ro‘y berib turadi. Masalan, Qozog‘iston Qirg‘izistonni Xitoy tovarlarini YEOII qoidalariga zid ravishda qayta eksport qilishda ayblaydi. Xuddi shunga o‘xshash ziddiyat Rossiya va Belarus munosabatlarida ham kuzatiladi.

Aslida, bunday kichik «savdo urushlari» va iqtisodiy nizolar Yevropa ittifoqidan tortib ASEANga qadar – dunyodagi boshqa mintaqaviy integrasion birlashmalarda ham ro‘y berib turadi.

EOII tarafdorlari ham tashkilot doirasida ko‘zda tutilgan savdo-iqtisodiy mexanizmlar to‘laqonli amalga oshmayotganini tan oladilar. «Rossiya ittifoqni tuzishga tuzib qo‘ydi, lekin hozirgacha risoladagidek faoliyat yuritishiga erisha olmayotir», deb hisoblovchilar ham bor.  

Siyosiy jihatdan ham Rossiya kutilgan natijaga erisha olmayotgani kunday ravshan bo‘lib borayotir. Ittifoq a’zolari tashqi siyosatda Rossiyadan tamomila mustaqil. Ayniqsa, Belarus va Qozog‘iston rahbarlari ittifoq faoliyatiga siyosiy tus berilishiga, Rossiya tarafidan suverenitet va mustaqillikni cheklashga har qanday urinishlarga qarshi chiqib kelgan. Lo‘nda qilib aytganda, a’zo mamlakatlar ham anoyi emas. Boz ustiga, barcha bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsa, ba’zilar xavotirlanayotgandek, Rossiya a’zo mamlakatlar mustaqilligini cheklay olmaydi.

A’zolik navbati Tojikistonga keldimi?

Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi Markaziy Osiyo yo‘nalishida kengayishda davom etsa, galdagi a’zo Tojikiston bo‘lishi mumkin.

Tojikiston a’zolikka rasman qiziqish bildirgan. Mamlakat hozirda ittifoqda kechayotgan jarayonlarni, xususan, yangi a’zo bo‘lgan Armaniston va Qirg‘iziston tajribasini o‘rganib, Dushanbe rasmiylari ta’biri bilan aytganda, a’zolikning barcha ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil-tadqiq etmoqda. Ittifoqning boshqa MDH mamlakatlari hisobidan kengayishini targ‘ib qilayotgan Rossiya hukumati ham hozircha Tojikistonga nisbatan majburlov choralarini qo‘llagani yo‘q. Tojikiston hukumatiga «bafurja o‘ylab olishingiz mumkin» qabilida muhlat berilgan.

Qirg‘iziston YEOIIga a’zo bo‘lishdan asosan yutganini aytmoqda. Xo‘sh, u holda Tojikiston nega qaror qabul qilishda bu qadar ikkilanyapti? Boz ustiga, Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilayotgan tojikistonlik muhojirlar soni qirg‘izistonliklarga nisbatan bir necha barobar barobar ko‘p ekani inobatga olinsa, rasmiy Dushanbening ittifoqqa a’zo bo‘lishni cho‘zib kelayotgani hatto taajjub uyg‘otadi.

Gap shundaki, Rossiya Tojikistonga «EOII eshiklari sizlarga ochiq, bemalol kiraveringlar» qabilida mulozimat ko‘rsatishdan nariga o‘tmayapti. Tojikistonga Qirg‘iziston kabi moliyaviy va iqtisodiy yordam dasturi taklif etilmayapti. Integrasiyalashuv jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy moliyaviy yo‘qotishlarni kompensasiya qilish, mamlakatning bojxona, fotosanitar va boshqa infratuzilmasini ittifoq standartlariga moslashtirish uchun moliyaviy yoki texnik yordam borasida ham lom-lim deyilmayapti.

Bizningcha, shunday yordam dasturi Tojikistonga taklif etilsa, mumlakatning ittifoqqa a’zo bo‘lishi tezlashadi. Qolaversa, Dushanbe rasmiylari ham Qirg‘iziston–Rossiya sarmoya jamg‘armasi kabi fond tuzilishini talab etishi mumkin. Tabiiyki, bularning bari katta xarajat talab etadi. Hozirgi kunda G‘arb sanksiyalaridan aziyat chekayotgan Rossiyaga bunday qo‘shimcha xarajatlar og‘irlik qilishi mumkin.

Shunga qaramay, rasmiy Dushanbe ittifoqqa a’zolik yo‘lidagi dastlabki qadamlarni tashladi. Tojikiston hukumati MDH mamlakatlari o‘rtasida mavjud «erkin savdo zonasi» shartnomasidagi majburiyatlarini bajarish maqsadida 2019 yil 1 yanvardan Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan tovarlarga bojxona yig‘imlarini bekor qildi. Bu esa Tojikistonni YEOII tartiblariga bir qadar yaqinlashtirdi.

Bu o‘rinda manfaatlar to‘qnashuvi omilini ham yoddan ko‘tarmaslik lozim. Tojikistonda xorijdan (asosan Xitoy va Turkiyadan) import qilishga ixtisoslashgan va mamlakat yuqori doiralariga aloqador savdo shirkatlari mavjud. YEOIIga a’zolik mazkur shirkatlarni tayyor daromad manbalaridan mahrum etishi mumkin. Mazkur kuchlar «Tojikistonga bu jarayonga tayyor emas», «Rossiyaga qaram bo‘lib qolishni istamaymiz» kabi sabablar bilan mamlakatning ittifoqqa a’zo bo‘lishini yillar davomida cho‘zib yurishi ham ehtimoldan xoli emas. Albatta, Rossiyada muhojirlikda yurgan ko‘p sonli fuqarolardan ko‘ra serdaromad shirkatlarning hukumatga ta’sir o‘tkazish imkoni yuqoriroq.

O‘zbekiston rahbariyati nima deydi?

Tojikistondan farqli o‘laroq, O‘zbekiston hozirgacha YEOIIga kirish borasida qat’iy niyati borligini ochiq bildirmagan. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining joriy yil 21 iyunda bo‘lib o‘tgan 20-yalpi majlisida YEOIIga kirish masalasiga to‘xtalib, a’zo bo‘lish va bo‘lmaslik ortidan kelib chiqadigan foyda-zararlar xususida fikr bildirdi. «Har tomonini o‘ylab, manfaatlarimizga mos jihatini tanlashimiz kerak», deb ta’kidladi davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston rahbarining YEOIIga kirish ehtimoli haqidagi fikri  ayrim xorijiy tahlil markazlari tomonidan «sensasiya» deb baholandi.

Negaki, bunga qadar mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bir necha bor O‘zbekiston YEOIIga kirishni rejalashtirmayotir, bu tuzilmaga a’zolik tashqi siyosatda ustuvor yunalish emas degan mazmunda bayonot bergan edi. Bundan tashqari, o‘z vaqtida mamlakat tashqi savdo vaziri o‘rinbosari ham ittifoqqa kirish O‘zbekistonga foyda keltirmasligini qayd etgandi.

Oxirgi 3 yil ichida mamlakatimizning YEOII mamlakatlari, xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va Qirg‘iziston bilan munosabatlari, ayniqsa, savdo va investision aloqalari ancha yaxshilanib borayotganini kuzatish mumkin. Xususan, Rossiya bilan bu borada katta qadamlar tashlanmoqdaki, bu jarayon ko‘plab kuzatuvchilarda O‘zbekiston ham ittifoqqa kirishga zamin hozirlamoqdami, degan ishtibohlarni uyg‘otyapti.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yili mart oyida Rossiyaga qilgan davlat tashrifi davomida mazkur mamlakatning ko‘plab mahsulotlariga bojxona yig‘imlari bekor qilinganini e’lon qilgan edi. O‘z navbatida, Rossiya ham O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlariga «yashil koridor» – soddalashtirilgan tizim orqali o‘z bozoriga kirish huquqini taqdim etdi. O‘zaro savdoni soddalashtirishga qaratilgan bunday chora-tadbirlar doimiy ravishda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus bilan ham amalga oshirilayotir.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda hozirgacha EOIIga kirish oqibatlarna davlat, na ekspertlar darajasida sinchiklab o‘rganilgan. Mazkur tuzilmaning qaysi qoidalari bizni qoniqtirmaydi; mazkur jarayon ishlab chiqaruvchilarimizga qanday ta’sir ko‘rsatadi – bu borada aniq hisob-kitoblar yo‘q. Bizda ham Tojikistondagidek «biz bunga tayyor emasmiz», «suverenitetimiz cheklanishi mumkin» kabi ehtirosli gaplardan nariga o‘tilmayapti.

Yana bir gap. Bizda ham Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlardan import orqali juda katta foyda ko‘rayotgan amaldorlarga aloqador firmalar mavjud bo‘lishi mumkin. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilgacha mamlakatimizga chet eldan xalq iste’mol mollarini import qilayotgan 4 foiz kompaniya ulushiga mamlakatimizga umumiy hisobda olib kirilayotgan tovarlarning 50 foizi, bojxona imtiyozlarining esa 68 foizi to‘g‘ri kelgan ekan. Bunday imtiyozlarni kim qanday qilib olishini hammamiz juda yaxshi bilamiz. Qolaversa, mamlakatdagi samaradorligi past ko‘plab monopol tuzilmalar ham ittifoqqa kirishga qarshi bo‘lsa ajab emas.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi shirkatlar, to‘qimachilik, kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqaruvchilarimiz allaqachon YEOII mamlakatlari bozorlarini egallay boshlagan, eksport hajmi yildan yilga oshib boryapti. Eng asosiysi, iqtisodiy ittifoq mamlakatlarida bizning bir necha million muhojir yurtdoshlarimiz mehnat qilib, mamlakatimizga milliardlab dollar mablag‘ jo‘natmoqda. Tahlil va hisob-kitob jarayonida YEOIIga a’zolik ushbu hamyurtlarimizning og‘irini ancha yengil qilishi ham inobatga olinishi kerak.

Xulosa o‘rnida

  1. Menimcha, mamlakatimiz YEOIIga qancha tez kirsa, shuncha soz. Chunki to‘laqonli a’zo bo‘lganimizdagina bu tashkilot taqdim qiladigan barcha imkoniyatlardan samarali foydalana olamiz.
  2. Rossiyaga bizga mustamlakachi ko‘zi bilan qaraydigan mamlakat sifatida munosabatda bo‘lishimiz xato. «EOIIda a’zo bo‘lsak, mustaqilligimizni yo‘qotamiz, Rossiya bizga o‘z siyosiy mafkurasini tiqishtira boshlaydi» degan qarashga ham qo‘shilmayman. Biz o‘zimizni Rossiya oldida kichik va zaif mamlakat deb his etish kompleksidan qutilishimiz kerak.
  3. Rossiyaning o‘zi ham kezi kelganda YEOIIni boshqara olmay qolyapti. A’zo mamlakatlar ham mazkur tuzilma doirasida nafaqat o‘z mustaqilligini qo‘shqo‘llab topshirmaydi, balki Rossiya bilan talashib-tortishib o‘z manfaatlarini himoya qilmoqda. O‘zbekiston ham ittifoqqa a’zo bo‘lsa, boshqa mamlakatlar qatori o‘z manfaatlarini, zarur bo‘lsa, tish-tirnog‘i bilan himoya qila olishiga ishonishimiz kerak.
  4. O‘zbekiston dunyoga ochilyapti, proteksionistik tartiblardan voz kechib eksportga ixtisoslashgan sanoat yo‘nalishlarini rivojlantirishga harakat qilyapti. Ushbu sa’y-harakatlar muvafaqqiyati uchun mahsulotlarimizga yangi bozorlar kerak. YEOIIga a’zo bo‘lish orqali ishlab chiqaruvchiarimizga katta bozorlar ochiladi.
  5. Ikki tomonlama hamkorlik integrasion tashkilot doirasida hamkorlikdan afzal degan yanglish qarashdan voz kechishimiz kerak. Integrasion tashkilotlar doirasida faoliyat yuritish, boshqalar bilan til topishishni puxta o‘rganish vaqti keldi. Kimningdir qosh-qovog‘iga bog‘liq ikki tomonlama kelishuvlar asosida emas, balki integrasion tuzilma doirasida yangi bozorlarga kirishning qulayliklari ko‘p.
  6. Bizningcha, faqat Markaziy Osiyodagi 5 mamlakatni birlashtiruvchi tashkilot tuzish g‘oyasiga ishonmagan ma’qul. Bu g‘oyani O‘zbekistonga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ro‘yobga chiqarish mumkin emas.
  7. EOIIga a’zo bo‘lsak, G‘arb mamlakatlari nazarida bizning qadrimiz pasayadi, bizga boshqacha nigoh bilan qarashadi degan xato tushunchadan voz kechish kerak.
  8. EOIIga a’zolik mamlakatimizning xorijiy investorlarga jozibadorligini kamaytiradi degan fikrlar ham asossiz. Sarmoyadorlarni jalb etish, birinchi navbatda, ularning muvafaqqiyatli faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bog‘liq.
  9. Rossiyada mehnat qilayotgan hamyurtlarimizning iqtisodiyotimizga qo‘shayotgan hissasi o‘ta salmoqlidir. Aynan ularning mehnat sharoitini yaxshilash uchun ham YEOIIga kirishimiz kerak. Rossiyadan boshqa yo‘l bilan bu borada yengillik olishning imkoni yo‘q.
  10. Ittifoqqa kirish oqibatida ishlab chiqaruvchilar kasodga uchrashi mumkin. Ammo buning uchun dod-voy qilmagan ma’qul. Avvalo, mahalliy ishlab chiqaruvchilar kuchli raqobat muhitida ishlashni o‘rganishi kerak. Qolaversa, ayni paytda biror bir mahalliy ishlab chiqaruvchi mamlakatimizga muhojir vatandoshlarimizchalik foyda keltirmayotgani ham ayni haqiqat. Demak, YEOIIga kirsak, mudrab yotgan, samaradorligi past ko‘plab davlat korxonalari raqobatbardosh muhitda yashab qolish uchun harakat qilishga majbur bo‘ladi. Hozirgi sharoitda ularning samaradorligini oshirishning boshqa yo‘li ko‘rinmayotir.

Farhod Mirzaboyevmustaqil tahlilchi


Muallifning fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi va unga mos kelmasligi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

Husanov “Real”ga qarshi o‘yinda alohida ko‘zga tashlandi

“Манчестер Сити” ва “Реал” ўртасидаги сўнгги учрашувда ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусанов ўзининг ажойиб ўйини билан эътиборни тортди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron havo hujumidan mudofaa kuchlari Isroilning F-16 qiruvchi samolyotini yo‘q qildi

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси хабар берди.

AQSh yadroviy qurol bilan hujum qilishga qodir davlatlar ro‘yxatiga qayerlarni kiritgani ma’lum bo‘ldi

Бу маълумот АҚШ ҳукумати разведка ҳамжамиятининг йиллик ҳисоботида келтирилган.

Turkiyada Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi ishlatilgan dronlari topildi

Дрон маҳаллий аҳоли томонидан топилган ва улар бу ҳақда расмийларга хабар беришган

Putin Trampga jiddiy taklif bilan chiqdi

Бу ҳақда Politico хабар берди.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.

Fransiyada ISHIDning yazidiylarga qarshi genosidi bo‘yicha ilk hukm chiqarildi

Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.

Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar farovonligiga salbiy ta’sir qilmoqda

2026 йилги World Happiness Report 2026да таъкидланишича, ижтимоий тармоқлар ёшлар фаровонлигига жиддий салбий таъсир кўрсатмоқда.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди