Evro-2024ning 20 nafar ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha 2024 yilgi Yevropa chempionatining 24 ishtirokchisidan 20 tasi ma’lum bo‘ldi.
Germaniya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya, Shotlandiya, Ispaniya, Turkiya, Avstriya, Angliya, Vengriya, Slovakiya, Albaniya, Daniya, Shveysariya, Niderlandiya, Ruminiya, Serbiya, Italiya, Sloveniya va Chexiya musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi.
Turnirga yana bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma Xorvatiya va Uels terma jamoalari kurash olib borayotgan “D” guruhida o‘ynaladi. Yevro-2024da qolgan uchta o‘rin Millatlar ligasi pley-off bosqichi orqali taqsimlanadi.
2024 yilning 21-26 mart kunlari oltita yarim final, undan so‘ng uchta final o‘tkaziladi, bu o‘yinlarning g‘oliblari 24 jamoadan iborat final turniri ishtirokchilari ro‘yxatini to‘ldiradi.