Estoniya o‘z o‘q-dorilarini boshqa NATO mamlakatlariga qaraganda tezroq to‘ldirmoqda

Estoniya o‘z o‘q-dorilarini boshqa NATO mamlakatlariga qaraganda tezroq to‘ldirmoqda

Estoniya o‘z o‘q-dorilarini boshqa NATO mamlakatlariga qaraganda tezroq to‘ldirmoqda, Tallin ularni oldingi 30 yilga qaraganda ko‘proq sotib oldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Xanno Pevkur Vilkerhommik dasturida ma’lum qildi.

Estoniya Mudofaa vazirligi rahbarining aniqlik kiritishicha, agar 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan byudjetga rasmiylar o‘q-dorilar sotib olish uchun 155 million yevro kiritilgan bo‘lsa, iyun oyida tasdiqlangan to‘rt yillik rejada bu maqsadlar uchun 1,55 milliard yevro ko‘zda tutilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumat o‘q-dorilar zaxirasini to‘ldirish uchun qo‘shimcha 1,6 milliard yevro ajratish imkoniyatini muhokama qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!