Estoniya tashqi ishlar vaziri: YAIMning 2 foizi NATOda mudofaa uchun minimal xarajatlar bo‘lishi kerak

Estoniya tashqi ishlar vaziri: YAIMning 2 foizi NATOda mudofaa uchun minimal xarajatlar bo‘lishi kerak

Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxknaning aytishicha, NATO mamlakatlarida yalpi ichki mahsulotning 2 foizi eng kam mudofaa xarajatlari bo‘lishi kerak.

NATO tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida u G‘arb bir vaqtning o‘zida bir nechta mojarolarga dosh berishga tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mudofaa xarajatlarini ko‘paytirish hozirgi xavfsizlik sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

“Mudofaa xarajatlarini oshirish NATOning yangi mudofaa rejalarini amalga oshirishni ta’minlashning kalitidir; yalpi ichki mahsulotning 2 foizi mudofaa xarajatlari uchun minimal bo‘lishi kerak”, - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!