Eski namunadagi “ob’ektivka”dan voz kechiladi

Eski namunadagi “ob’ektivka”dan voz kechiladi

Prezident davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni o‘stirish tizimi joriy qilinishini ta’kidladi.

“Biz davlat xizmatini mahallaga tushirish bo‘yicha katta islohotlarni boshladik. Har bir mahallada – rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlardan iborat yaxlit tizim yaratildi.

Bundan buyon, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi”, dedi davlatimiz rahbari.

Shuning uchun, 1 noyabrdan:

- eski namunadagi “ob’ektivka”dan voz kechilib, ilg‘or IT-texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tiladi;

- xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘lishi shart.

"Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tacodifan kelib qolishning oldi olinadi", dedi Prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!