Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati uzaytirildi

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati uzaytirildi

 Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomalarga majburiy almashtirish muddati 2021 yilning 31 dekabrigacha uzaytirildi (bundan avvalgi muddat 2020 yil 31 dekabr etib belgilangan edi). Bu haqida IIV xabar qildi.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomalar 2022 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Fuqaro haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun doimiy yashash joyidagi Davlat xizmatlari markaziga, markazda bunday xizmat mavjud bo‘lmagan hududlarda Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Bunda fuqaro biometrik pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning taloni taqdim etishi kerak.

Eski guvohnomani yangisiga almashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi, hozirda 156, 100 so‘m miqdorida to‘lov undiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!