Eshak go‘shti nega harom qilingan?

Eshak go‘shti nega harom qilingan?

Savol:

Assalomu alaykum! Cho‘chqa, it, eshak go‘shti nima uchun dinimizda harom qilingan?

Javob:

Cho‘chqa, it va eshak go‘shtlari shariat egasi - Alloh taolo tomonidan harom qilingan. Bu hukmlar yo O‘zining Kalomi bilan, yo Rasulining tili bilan bayon qilingan. Shariatda halol yo harom qilish Olamlar Parvardigorining ishidir. Alloh taolo A’rof surasining 54-oyatida: Ogoh bo‘ling, yaratish va amr qilish Uning o‘ziga xosdir , deydi. Shunga o‘xshash ta’limotlar sababidan biz Alloh buyurgan amallarni eshitiboq itoat qilamiz va bu jihatimiz bilan boshqalardan farqlanamiz. Zero Haq taoloning har bir ishi hikmatlidir. Alloh taolo Fotir surasi, 14-oyatida: O‘ta xabardor zotdek hech kim senga xabar bera olmas , deydi.

Alloh o‘zi chiqargan hukmlarning ba’zilarini hikmatini bayon qilgan va ba’zilarini bayon qilmagan. Chunki Qur’oni karim hikmatlar bayoni qilinadigan kitob emas. Bizga u hukmlarni olamlarning Parvardigori chiqargani yetarlidir. Biz Alloh Baqara surasining oxirida o‘rgatganidek Eshitdik va itoat qildik. Ey Rabbimiz mag‘firatingni so‘raymiz va qaytib borish Sengadir , deymiz.

Hayot va ilm zamonlar o‘tishi bilan mazkur hayvonlarning harom bo‘lish sabab va hikmatlarini ravshan ko‘rsatib berayotgan bo‘lsa ham, biz musulmonlar aynan mazkur e’tiqodda qolaveramiz.

Vallohu a’lam.

Mubashshir Ahmad


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!