Qozog‘iston prezidentligiga 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari saylovda qatnashish uchun nomzod ko‘rsatish 23 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Konstantin Petrov ma’lum qildi.
“Qozog‘iston Respublikasi prezidentligiga nomzod ko‘rsatish saylov tayinlangan kundan, ya’ni 23 sentyabrdan boshlanadi va 11 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan 18.00 da to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.
Petrov ta’kidlaganidek, saylov natijasini aniqlash va saylangan prezidentni ro‘yxatga olish uchun yetti kundan ko‘p bo‘lmagan muddat, ya’ni 21-27 noyabr oralig‘i belgilandi.
MSK yig‘ilishida saylov oldi tashviqotni o‘tkazish bo‘yicha tegishli reja tasdiqlandi.
Komissiya kotibi Muxtor Yerman saylovni xorijiy ekspertlar kuzatib borishi muhimligini ta’kidladi. Bu jarayonni Tashqi ishlar vazirligi muvofiqlashtiradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Капитолий тепалигидаги Олий суд бино олдида Трампга қарши намойишчилар тўпланган, зал ичида эса хавфсизлик чоралари одатдагидан сезиларли даражада кучайтирилган.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.