Eronliklar 9 yil ichida ilk marta Umra ziyoratiga borishadi

Eronliklar 9 yil ichida ilk marta Umra ziyoratiga borishadi

Eronlik ziyoratchilarning so‘nggi to‘qqiz yil ichidagi birinchi guruhi Saudiya Arabistoniga kichik islomiy ziyoratni amalga oshirish uchun yo‘l oldi, deb xabar berdi Eron matbuoti.

«Umra ziyoratchilarining birinchi guruhi Tehrondagi Imom Humayniy aeroporti orqali Erondan Saudiya Arabistoniga uchib ketdi», deb xabar berdi IRNA davlat axborot agentligi.

O‘tgan yili Tehron va Ar-Riyoz Xitoy vositachiligida aloqalarni tiklashga va to‘qqiz yildan ko‘proq vaqt o‘tib, o‘z elchixonalarini qayta ochishga kelishib olgan edi.

Eronliklarga o‘tgan yili Hajga qaytishga ruxsat berilgan edi, ammo umra ular uchun shu paytgacha yopiq edi.

2016 yilda Erondagi namoyishchilar Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasi va Mashhaddagi konsulligiga hujum qilganidan keyin ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar uzilgan edi.

IRNA xabariga ko‘ra, joriy yilda jami 5720 nafar eronlik umra ziyoratchisi Saudiya Arabistoniga borishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!