Eronda tibbiy niqob taqish majburiy etib belgilandi

Eronda tibbiy niqob taqish majburiy etib belgilandi

Eron hukumati jamoat joylari va muassasalarida tibbiy niqob taqishni majburiy etib belgiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning bayonotida aytilmoqda.

"Ertadan boshlab jamoat joylarida niqobdan foydalanish majburiy etib belgilanadi. Barcha sohalar, ayniqsa, davlat sektorida faqat niqob  taqqan holda xizmat ko‘rsatiladi", - deyiladi unda.

Eron prezidenti shuningdek, aholini kasallikka chalinganlik holatini yashirmaslikka chaqirdi.

Mamlakatda oxirgi kunlarda koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari keskin o‘sdi.

Eronda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 237 mingdan ortiq holat aniqlangan, 11,4 mingdan ortiq kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!