Axborot asimmetriyasi. Mehnat bozori va kadrlar tayyorlash tizimini o‘zaro muvozanatlashtirgan holda rivojlantirish
Mehnat bozorida axborot asimmetriyasi bu ish beruvchilar va ish izlovchilar o‘rtasidagi ma’lumotlarning notekis taqsimlanishi bo‘lib, mehnat bozori dinamikasini shaklllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Mehnat bozori ishtirokchilari, ko‘nikmalarni shakllantiruvchi uquv markazlari, ish beruvchilar, ta’lim muassasalari, yoshlar va ularning ota-onalari, hudud va tarmoq buyicha strategik qarorlarni qabul qiluvchilarning o‘zaro maqbul munosabatga kirishishi bir-birining ehtiyoji va kutilmalari borasida ma’lumotga ega bo‘lishiga bog‘liq.
Bunda mehnat bozori, tarmoq yoki hududlar kesimida joriy va kelgusi talab haqidagi tizimli tahlil muhim ahamiyat kasb etadi. Oylik maoshlar dinamikasi, eng ko‘p so‘ralayotgan kasbiy malaka, hududda talab eng yuqori bo‘lgan kasblar cheklangan moliyaviy resurslar va inson resurslarini yanada maqbulroq taqsimlashga imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mehnat bozorida axborot asimmetriyasini kamaytirish maqsadida «Mehnat bozori va kadrlar tayyorlash tizimini o‘zaro muvozanatlashtirgan holda rivojlantirish masalalari» mavzusidagi sharhni tayyorladi.
Sharhda hududlar kesimida eng ko‘p so‘ralgan kasblar, mehnat bozoridagi joriy talab va boshqa ma’lumotlar keltirilgan.
Batafsil sharhni yuklab olish (o‘qish vaqti 7 daqiqa)
Institut mazkur yo‘nalishda ishlab chiqilayotgan platformani rivojlantirishda manfaatdor taraflarni hamkorlikka chaqirib qoladi.
E-mail: lm@imrs.uz
Tel.: +998 (55) 520-00-17 (131)