Eron Saudiya Arabistonidagi AQSh bazasiga ballistik raketa bilan hujum qildi
Eron Saudiya Arabistonidagi AQSh harbiy bazasiga ballistik raketa uchirgani aytilmoqda.
Bu haqda Axios nashri AQSh ma’muriyati rasmiysiga tayanib xabar bermoqda.
"Eron Saudiya Arabistonidagi AQSh harbiy bazasiga ballistik raketa uchirdi", deb yozgan manba va bu "Eronning Saudiya Arabistoniga taxminan to‘rt oy ichida birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbasi" ekanligini qo‘shimcha qilgan.
Shu bilan birga, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Quvaytdagi AQSh harbiy nishonlariga muvaffaqiyatli zarba berganini da’vo qildi.
"Uchuvchisiz uchish apparatlari Al Udayri lageridagi o‘q-dorilar omboriga, Ali as-Salem aviabazasidagi shtab-kvartira binosi va o‘q-dorilar omboriga va Quvaytdagi bir nechta aloqa markazlariga zarba berdi", deyiladi bayonotda.
IIQK shuningdek, Iordaniyadagi AQSh harbiy nishonlariga muvaffaqiyatli zarbalar berilganini xabar qildi.
"Dronlar Iordaniyadagi Al-Azraq aviabazasidagi yoqilg‘i baklariga ham zarba berishdi", deyiladi bayonotda.
Al-Azraq mintaqadagi AQShning asosiy harbiy bazalaridan biri hisoblanadi.
