Gap iqlim o‘zgarishlari haqida ham emas aslida. Gap Yer ichki yadrosining noodatiy harakatlarida. Xitoylik olimlarning Nature Geoscience ilmiy jurnalida chop etgan maqolasi g‘arb matbuotida shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.
Xitoylik olimlar o‘z maqolasida zilzilalar natijasida hosil bo‘layotgan seysmik to‘lqin chastotalarini sinchkov tahlil etib, yerning ichki yadrosi so‘nggi o‘n yil ichida deyarli o‘z aylanishini to‘xtatgani va hozirda teskari yo‘nalishda harakatlanishga o‘ta boshlaganini ta’kidlashgan.
Olimlar 1990 yildan boshlab, yer plitalari to‘qnashish va chekinish zonalaridagi seysmik faol hududlarda noodatiy silkinish va so‘ngan vulqon og‘zidan vulqon otilib chiqayotgani, umuman yer oxirgi o‘n yillikda g‘ayritabiiy hodisalarni boshidan o‘tkazayotganidan kelib chiqib, shu fikrga kelishdi. Ular mazkur jarayon global xarakterga ega ekanligi, yer yadro ichidagi aylanish o‘zgarayotganini taxmin qilishdi.
Mazkur maqoladan so‘ng, g‘arbda yer yadrosining sayyorada sodir bo‘layotgan jarayonlarga ta’siri to‘g‘risida "qizg‘in bahs-munozaralar to‘lqini" avj oldi. The Washington Post gazetasida keltirilishicha, yer yadrosidagi o‘zgarishlar kun davomiyligi, magnit maydoni chastotasi va yer iqlimi o‘zgarishiga bevosita bog‘liq.
Geofizik olimlar 1990 yillar boshida yerning ichki yadrosi o‘z o‘qi atrofida boshqa barcha qatlamlarga qaraganda tezroq aylanishiga oid dalillarni topgan edilar. AQSh tadqiqotchilari esa yer ichki yadrosi aylanish tezligi siklik xarakterga ega ekanligi, u o‘z tezligini vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turishini aniqlaganlar. Ushbu siklik o‘zgarishlar Yer magnit maydon kuchi, kun davomiyligi, so‘ngi o‘n yillikdagi iqlim o‘zgarish hodisalari bilan sinxron darajada mos tushadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.
ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.