Erkaklarda soch to‘kilishining yangi sababi aniqlandi

Erkaklarda soch to‘kilishining yangi sababi aniqlandi

Muntazam ravishda me’yoridan ortiq ishlash erkaklarda soch to‘kilishi xavfini ikki karra oshirar ekan. Songyungvan universitetidagi koreyalik tadqiqotchilar xuddi shunday xulosaga kelishdi, deya tadqiqot natijalarini e’lon qilgan Medical Daily nashri.

Tadqiqotchilar 2013 yildan 2017 yilga qadar 20 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 13,4 ming nafar erkak ustidan nazorat olib borishgan. Ular sinovdan o‘tuvchilarni uch guruhga bo‘lgan. Birinchi guruh haftasiga 40 soat, ikkinchi guruh — 52 soatgacha, uchinchisi — 52 soatdan ortiq ishlagan. Shuningdek, natijaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar, xususan, erkaklarning ishlash jadvali, yoshi, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, zararli odatlari ham hisobga olingan.

Mutaxassislar fikricha, haftasiga 52 soatdan ko‘p ishlaydigan erkaklarda kal bo‘lib qolish holatlari ikki marta ko‘proq uchraydi. Standart ish jadvali haftasiga 40 ish soatini tashkil etsa-da, ko‘plab xodimlar ofisda qolib, yana ma’lum vaqt ishlar ekan.

Natijalarga ko‘ra, me’yordan ortiq ishlash tufayli yuzaga keladigan stress, bosh terisida gormonal o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi va soch follikulalari o‘sishini sekinlashtirishi mumkin. Ya’ni stress tufayli immun tizimning o‘zi soch qoplamiga hujumga o‘tishi mumkin.

Erkaklarda kallikning ilk belgilari 20-30 yoshlarda paydo bo‘ladi, shu bois ekspertlar ularga ish soati miqdori ortidan diqqat bilan kuzatib borishni tavsiya etadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!