Erkaklar hiyonatining birinchi belgilari: topamiz va bartaraf etamiz

A A A
Erkaklar hiyonatining birinchi belgilari: topamiz va bartaraf etamiz

Hiyonat kutilmaganda xanjardek yurakka uriladi. Necha yillar davomida bir yostiqqa bosh qo‘yganingiz urgan pichoqning og‘rig‘i achchiq. Erkak hiyonatining oldini olib bo‘ladimi? Axir begona ayol bilan «gaplashish bosqichi» ham bo‘ladiku. Mana shu bosqichni bilish, sezish uchun ayoldan biroz ziyraklik talab etiladi. Bugun shu haqida suhbatlashamiz.

Ichimizda «Men erimga ishonaman» deydiganlar ham, «tekshirsangiz, chiqadi-da, undan ko‘ra bilmayman ham, kuymayman ham» deydiganlar ham bor. Ammo «erim bir necha yildan beri yurarkan, xatto chetdan ikkita bola ham orrtirib olgan ekan» deb ayuhannos solayotganlar ham yo‘q emas. Shu bois ham o‘z erini nazorat qilib, hiyonatning birinchi belgilarini sezishi zahoti ularga qarshi aql va farosat bilan choralar ko‘rib yurish zarar qilmaydi. Ishonuvchan, sodda ayollarning go‘lliklaridan esa afsuski, erlari unumli foydalanishadi.

Xo‘sh, begingizning hiyonat ko‘chasiga kirganini yoki shu ko‘chalarga kirsammikan, kirmasammikan, deb yurganini qanday aniqlash mumkin? Erkaklar odatda qovun tushirib qo‘yadigan may-chuyda jihatlarga diqqatingizni qarating.

 

Gaplariga quloq tutamiz

Eringiz ishxonasidagi hamkasbi, uzoqroq qarindoshi, qo‘shni ayol yo kenjatoyingiz enagasining anyanchli qismati haqida siz bilmagan faktlarni bir-ikki marta aytdimi, ehtiyot bo‘ling. Nima uchun ayol kishi erkakka dardihol qilyapti? Mayli, hamkasbini tanimaysiz (vaholanki, eringizning hamkasblari bilan ham tanishib olish zarar qilmaydi), lekin qarindosh, qo‘shni yoki enaga o‘z muammolarini begona erkakka emas, sizga aytishi kerak ediku. Demak, begingiz ularning maslahatgo‘y akasiga aylanib bo‘lgan. Dardihol qilishga esa mavzu topiladi – eri yuradi (pul topmaydi, ko‘chaga sarflaydi, uradi va hokazo…), hayoti og‘ir (onasi kasal, kvartirasi yo‘q, otasi ikchkilikboz). Eringiz hayot mashaqatlarida qiynalib qolgan ayolga dalda beradi. Ayol unga mungli ko‘zlari bilan qarab, «mana siz boshqachasiz, xotiningizning hurmatini joyiga qo‘yasiz, topganingizni uyga oborasiz, qattiq gapirmaysiz, uy-joylarga qaraysiz» deb maqtaydi. Begingiz esa o‘zini sher his qiladi – «Haqiqatan ham qanday zo‘rman-a!» Mana shu bosqichda, ya’nikim hali eringiz u ayol bilan jiddiyroq munosabatga kirishib ulgurmaganida, yoringizning gaplarini qulog‘ingizning bir chetidan o‘tkazib yubormang.

Nima qilish kerak?Bu bosqichda hali turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatingiz yaxshi. Aks holda u begona ayollarning gaplarini sizga aytib bermagan bo‘lardi. Demak, shu paytda u gapirgan ayol bilan do‘stlashib olish choralarini ko‘rish kerak. «Qani dadasi, shu ayol bilan tanishtiring, uni o‘zim ruxshunosga olib boraman» deng, masalan. Unga achinayotganingizni namoyish eting. U ayol bilan tanishib, gaplashganingizdan keyin esa uning bor kamchiliklarini eringizga so‘zlab bering. Ayolni chidamsizlik, sabrsizlik va noshukrligini dalillar bilan keltiring. Faktlar topilishiga esa ishonchimiz komil. Juda topilmasa, sal bo‘rttirarsiz. Hijolat bo‘lmang! Begona erkakkaki u o‘z erini (sobiqmi, borimi, farqi yo‘q) yo yaqinlarini yomonlabdimi, siz ham qarshi dalillardan o‘z foydangizga ishlab qoling.

 

O‘zgardi, qo‘ydi!

Siz har doimgidek uylaringizni ozoda tutib, osh-ovqatingizni vaqtida pishiryapsiz, bolalarning ham, eringizning ham kiyimlari yuvilgan, dazmollangan. Lekin begingiz keyingi paytda avvalgidan asabiy. Nuqul ishingizdan kamchilik topadi. Noroziligidan xuddi u shu turgan uyidan ko‘ra tuzukroq uyda yashashi, yaxshiroq mashina haydashi, bolalari ham aqlliroq, xotini esa sizdan-da uddaburonroq bo‘lishi kerakligini uqasiz. Ovqatingiz yarim soatga kechiksa, qirg‘in janjal qiladi, avvallari o‘zi bemalol qilib qo‘yishi mumkin bo‘lgan ishni siz bajarishingizni talab qiladi. Masalan, siz manti pishirayotganingizda, bemalol ko‘ylagini dazmollab ketayotgan odam, endi qo‘liga dazmol olmasligini, bu erkak kishiga yarashmasligini aytib, da’vo qiladi. Har doim maqtab-maqtab yegan mantingizdan ham kamchilik topadi, juda bo‘lmasa, tuzi kam deydi.

Nima qilish kerak? Indamay aytganini qilganingiz sari talablari ham oshib boraveradi. Bu bosqichda eringizning sizga yoqmagan jihatlarini gapirishga o‘rganishingiz kerak, aks holda u hamisha o‘ziga qanday qulay bo‘lsa, shunday yashashga o‘rganadi-qoladi.Agar gaplaringiz tufayli janjal chiqishidan qo‘rqsangiz, u holda shu qurquvlaringizni yengish ustida ishlashingiz kerak. O‘z fikringizni, voqelikka munosabatingizni aytishni o‘rganing, busiz o‘zingizga qulay munosabatlarni qurish mumkin emas. Agar-da, o‘z huquqlaringizni talab qiloladigan ayol bo‘lsangiz, u holda eringiz bilan kelishmovchiliklarning sababini topishingiz kerak. Ko‘pincha ayollar erkak kishi unday qilishi kerak, bunday bo‘lishi kerak, deydilar-u, beklarining istaklari va noroziliklariga e’tibor bermaydilar. Balki uning istaklari amalga oshmayogani uchun ham u noroziligini mayda narsalarga ko‘chirayotgandir? Agar haqiqatan ham shunday bo‘lsa, uning gaplariga quloq tuting, unga nimalar yoqmayotganini tinglang va bartaraf eting.

 

Qo‘l telefonmi,jon telefon?

Sevishganlar, odatda bir-birlari bilan kechqurunlari, shanba-yakshanba kunlari ham gaplashgilari keladi. Hayotiy vaziyat, turmushdagishart-sharoit bois begingizning ko‘nglini ovlamoqchi bo‘lgan parining zudlik bilan yechilishi kerak bo‘lgan ishi chiqib qolar. Xullas ular bir-birlari bilan qo‘l telefonlari orqali aloqaga chiqib turishgani bois, jufti halolingiz har qanday usullar bilan sizdan aloqa vositasini yashirishga harakat qiladi. Ovozini o‘chirib qo‘yish, kelayotgan telefonlarga javob bermaslik, parol o‘rnatish yoki umuman foydalanmaslik… Sababini so‘rasangiz esa javoblar tayyor: «Qarz oluvdim, so‘rayapti»dan «gruppamizdagi yigitlar bezor qilib yubordi»gacha. Endi u telefoninini shunchaki stolga qo‘yib qo‘ymaydi, cho‘ntagida esidan chiqarmaydi, o‘zi bilan, hatto, vannaxonaga ham olib kirib ketish odatini chiqaradi.

Nima qilish kerak?

Odatda telefonida qiz-juvonlar bilan gaplashib yuradigan erkaklar, sizni ham tekshirib yurishadi. Demak, siz ham telefoningizga parol o‘rnating-u, uning telefoni paroldan chiqarilganidan keyingina siz ham paroldan chiqarishingizni ayting. Agar telefoningizga parol qo‘yishingiz, uni havotirga solmasa, qayg‘urmang. Demak u sizga ishonadi. Xotiniga ishongan erkaklar esa, odatda, o‘zi ham hiyonat qilmaydi. Har holda shunga umid qilamiz.

 

Va boshqa belgilar…

Erkak kishining tinimsiz ishdan kech kelishi, lavozimi yo maoshi ko‘tarilmagan bo‘lsa-da, «ishi ko‘paygan» i, tashqi ko‘rinishiga odatdagidan ko‘proq ahamiyat berishi, uyga kamroq pul sarflay boshlagani, dam olish kunlari ham «ishi chiqib qolishi».

Nima qilish kerak?

Eringizni ikki qo‘llab birovga berib qo‘ymasligingiz kerak! Uning uchun kurashishga qaror qilgan bo‘lsangiz, sabr sizga yor bo‘lsin. Kurash uzoq davom etishi va bu sizning uncha-muncha asbingizga putur yetkazishi turgan gap. Begingiz kurashish uchun arzisa, avvalgi munosabatlaringiz ularni qayta qurishga loyiq bo‘lsa, vaqtni boy bermang. Raqibingizni yo‘q qilish uchun quyidagi usullardan foydalaning:

O‘zingizga chetdan qarang. Balki eringizning «chapga» qarashida sizning ham aybingiz bordir. Demak, o‘z tashqi ko‘rinishingiz bilan shug‘ullanishning ayni vaqti. Sportzalga yoziling, sellyulitga qarshi massaj oling, kosmetolog, sartarosh va stilist xizmatlaridan foydalaning. O‘zingizdan pul ayamang. Oilaviy byudjetni hech ikkilanmay o‘zingizga sarflang.
Ikkinchi «asal oyi» uyushtirishga nima deysiz? Balki birga dam olishga chiqarsizlar yo shahar aylanarsizlar? Dam olish chog‘i hamisha xursand, baxtli ko‘rinishda bo‘ling. Hiyonat haqida o‘ylamang (qanchalar og‘ir bo‘lmasin). Birgalikda dam olayotganingiz onlari tushirilgan suratlarning eng chiroylilarini ijtimoiy tarmoqlarga joylang – raqibangiz kuyib «o‘lish»ni boshlasin.
Yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan rejalashtirilmagan uchrashuvlar uyushtiring. Eringizning uchrashuvlarini chilpakka chiqarish uchun bu haqda unga oxirgi daqiqada ayting. Zudlik bilan yechilishi kerak bo‘lgan oilaviy muammolar o‘ylab toping: bolani qayerdandir olib ketib, biror joyga olib borib qo‘yish, mehmon kutish,uyda ta’mirlash ishlarini boshlash. Oilaviy ishlar bilan andarmon eringizdan maqtovlaringizni ayamang.
Eringizning ishxonasiga borib turing. Iloji bo‘lsa, hamkasblaridan birortasi bilan do‘stlashib oling. O‘shanda majlis bo‘ldimi, yo yakshanba kuni ishga chaqirishdimi, boxabar bo‘lib turasiz.
Turmush o‘rtog‘ingiz bilan ochiqchasiga gaplashib oling. Baqir-chaqir qilmang, «shallaqi» degan tamg‘a hozir sizga umuman kerak emas. Unga nima yetmayotganini so‘rang. O‘zingizni yerga urmang. Hech narsani bilmagandek, indamay yuraverish eringiz va uning sevgilisi uchun juda qulay. Munosabatlarni oydinlashtirmoqchi bo‘lsam, u albatta tashlab ketadi, deysizmi? Nasib qilsa, unday bo‘lmaydi. Negaki, statistikaga ko‘ra, hiyonat qilganlarning atigi 8 foizigina oilasini tashlab ketarkan.
Xulosa o‘rnida, gap shuki, eringiz uchun kurashish yoki kurashmaslik qarorini chiqarish sizning qo‘lingizda. Nima bo‘lganida ham o‘zingiz va o‘z hayotingizning qadriga yeting, deymiz! Hayot oldinda va bu hayotingiz, albatta, baxtli bo‘lishiga ishoning.

Nazokat tayyorladi.

 

darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

O‘zbek klublariga milliardlar ajratildi

Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.

Rossiya yaqinlashmoqda

DeepState таҳлилий ресурсининг янгиланган маълумотларига кўра, Россия қўшинлари Донецк вилоятининг бир қатор ҳудудларида олдинга силжиган.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

Eron hammani va hamma narsani bombardimon qilmoqda

Эрон ОАВларининг хабарларига кўра, Баҳрайндаги Америка объектлари ва базаларида 8 тадан ортиқ кучли портлашлар юз берган.

Kreml Zelenskiyni "qo‘shinlarni olib chiqishga" chaqirdi

Бу ҳақда Россия Федерацияси президенти матбуот котиби Дмитрий Песков баёнот берди.

Texpasport endilikda 5 yilga beriladi

Ўзбекистонда янги тартиб жорий этилди.

Budanov Xorlidagi teraktda aybdor deb topildi

Янги йил оқшомида Украина Қуролли Кучлари Херсон вилояти Хорли шаҳридаги кафе ва меҳмонхонага 3та дрон билан ҳужум қилган эди.

Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xominaiy Moskvada emas

Дипломатнинг таъкидлашича, мвзкур урушда мағлуб бўлган тақдирда ҳам, эронликлар буни мағлубият деб қабул қилмайди.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.

Axios: AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish evaziga sulhni muhokama qilmoqda

Axios маълумотига кўра, АҚШ ва Эрон Ҳўрмуз бўғозини очиш шарти билан сулҳни назарда тутувчи эҳтимолий келишувни муҳокама қилмоқда.

Oila farovonligi va gender tenglik — bir maqsad, bir yo‘l

Янги Ўзбекистонда инсон қадрини улуғлаш, оила институтини мустаҳкамлаш, хотин-қизларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, қизларнинг баркамол авлод бўлиб вояга етиши учун зарур шарт-шароитларни яратиш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди. Сир эмаски, жамият тараққиёти, оилалар фаровонлиги ва келажак авлод камолоти, аввало, аёлга бўлган эътибор, қизлар тарбиясига берилаётган юксак аҳамият билан чамбарчас боғлиқдир. Шу маънода, бугун мамлакатимизда гендер тенгликни таъминлаш, оила масалаларига тизимли ёндашиш ва қизларнинг саломатлиги ҳамда маънавий-интеллектуал ривожига қаратилаётган эътибор ўзининг амалий натижаларини бера бошлади.

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Айни пайтда мазкур жиноятга алоқадор бошқа шахсларни аниқлаш бўйича чоралар кўрилмоқда.

Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi

Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Isroil hujumlarida Livanda halok bo‘lganlar soni 1 247 nafarga yetdi

Сўнгги 24 соатда Исроил қўшинлари Ливан ҳудудига амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида камида тўққиз киши ҳалок бўлди.

NATO: Hamisha ittifoqchilarimizni himoya qilish uchun zarur choralarni qo‘llaymiz

НАТО бугунги кунда Ирондан Туркияга йўналтирилган ракетани ишга тушириш ҳолатига муносабат билдирди.

Ozarbayjonda fojiaviy voqea: erkak onasini o‘ldirib, o‘zini yoqib yubordi

Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.

AQShdan Eronga ogohlantirish: barcha dron va raketalarni to‘xtatish kerak

АҚШ давлат котиби таъкидлашича, Эрон барча турдаги дронлар ва ракеталарни ишлаб чиқаришни тўхтатиши шарт.

Evropa Ittifoqiga jiddiy ayblov: Ukraina hujumlari uchun havo hududi ochilganmi?

Европа Иттифоқи Украинага Россияга қарши ҳужумларда билвосита ёрдам бераётганликда айбланмоқда.

Erondan ogohlantirish: Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday provokasiya vaziyatni keskinlashtiradi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи Ҳормуз бўғозидаги ҳар қандай провокация минтақадаги вазиятни янада оғирлаштириши мумкинлигини билдирди.

Rossiyadan chaqiriq: Yaqin Sharqdagi urushni zudlik bilan to‘xtatish kerak

Россия ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Форс кўрфази мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари билан мулоқот ўтказиб, Яқин Шарқдаги вазиятни муҳокама қилди.

Erondan jiddiy ayblov: gumanitar samolyotga hujum ortida AQSh va Isroil bormi?

Эрон Fars ахборот агентлиги орқали АҚШ ва Исроилни гуманитар ёрдам олиб кетаётган фуқаролик самолётига ҳужум қилганликда айблади.