Erkak kishining avrati qayerdan qayergacha?

Tibbiyot mutaxassislari ayollarga quyoshning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi nurlaridan va erkaklarning nazarlaridan saqlanish uchun tanani o‘rab, berkitib yurishni tavsiya qilmoqda.
Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurning ko‘p miqdorda qabul qilinishi teri saratoniga sabab bo‘ladi. Shuningdek, nomahramlar nazariga ko‘p nishon bo‘lgan tana ham saratonga chalinadi.
Dinimizda bejizga ayollarga ham, erkalarga ham avratlarini berkitib yurish buyurilmagan.
Erkak kishining shahvat bilan yoki ayol kishining begona jinsga shahvat bilan qarashi narigi tomonning teri to‘qimalarida shikastlanishni yuzaga keltirar ekan.
Avratni ochib yurish teri saratoniga chalinishni paydo qilsa, Allohning amriga xilof ish qilingani uchun banda qattiq gunohkor bo‘ladi.
Buni qarangki, erkak kishi belidan to tizzasi ostigacha berkitib olib, orqasi, yelkasini ochib yursa, o‘sha ochiq a’zolari saratonga chalinmas ekan.
Nega?
Chunki Alloh taolo erkakning avratini kindigidan to tizzasining ostigacha deb belgilab qo‘ygan.
Alloh taoloning belgilab qo‘ygan joyi berkitilmagandagina, o‘sha ochilgan a’zolarda ushbu kasallik bo‘y ko‘rsatar ekan.
Ma’lumot o‘rnida avrat haqida tushuncha berib o‘tsak.
«Erkakning avrati kindigi ostidan tizzasi ostigachadir. Cho‘riniki mana shu (kindik ostidan tizzasi ostigacha) orqa va qorni bilan birgadir. Hur (ozod va erkin) ayolning avrati butun badanidir. Magar yuzi, kafti (bo‘g‘imigacha) va qadami (to‘pig‘igacha) avrat emas». (Ubaydulloh ibn Toj ush-shari’a: «Muxtasar ul-viqoya», Qozon-1911 y., 12-bet).
Demak, Imomi A’zam Abu Hanifa rahimahulloh mazhabiga ko‘ra, erkakning avrat, ya’ni begonalardan yashirishi lozim bo‘lgan badanidagi joylari kindigi ostidan tizzasi ostigacha ekan. Bunda kindik avrat emas, tizza va uning tepasi avratdir. Ayollarning yuzi, kafti va qadamidan tashqari butun badanlari avratdir.
Alloh taolo barchamizni turli kasalliklardan asrasin! Doim Uning amriga itoat qilib, barchamiz berkitishimiz lozim bo‘lgan a’zolarimizni berkitib yurishimizni nasib etsin!
Nozimjon Hoshimjon
Manba: azon.uz