Erevanda norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi, bir necha kishi hibsga olindi

Armaniston poytaxti Yerevan markazidagi bog‘da chodirlar shaharchasi qurmoqchi bo‘lgan besh kishi qo‘lga olindi.
Bu haqda mahalliy matbuotga tayanib, “Report” xabar bermoqda .
Qayd etilishicha, kam sonli muxolifatchilar bog‘da chodirlar o‘rnatgan. Yarim soatdan keyin maxsus kuchlar chodir o‘rnatilgan joyga yetib kelishdi. Maxsus kuchlar o‘sha shaxslarning bir qismini hibsga oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston muxolifatining Yerevan va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilgan mitinglari bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)