Erdo‘g‘on Maskni Turkiyada Tesla zavodini ochishga chaqirdi

Erdo‘g‘on Maskni Turkiyada Tesla zavodini ochishga chaqirdi

Erdo‘g‘on Maskni Turkiyada Tesla zavodini ochishga chaqirdi. Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Turkiya prezidenti Nyu-Yorkda tadbirkor bilan uchrashdi. Turkiya rahbari Turkiyaning kosmik dasturi doirasida mamlakatning SpaceX bilan hamkorligi potensial rivojlanishini ta’kidladi va Maskni sentyabr oyi oxirida Turkiyaning Izmir shahrida bo‘lib o‘tadigan texnologiya ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.

Qayd etilishicha, prezident Maskga Turkiyani raqamlashtirish konsepsiyasi va sun’iy intellekt sohasidagi milliy strategiyasi haqida ham gapirib bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!