Erdo‘g‘an buni tasdiqladi

Erdo‘g‘an buni tasdiqladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bir kun avval Rossiya gazi uchun rublda to‘lovlar bo‘yicha kelishuvga erishganini tasdiqladi.

"Biz Putin bilan tabiiy gaz sotuvi uchun rublda to‘lashga kelishib oldik. Umid qilamizki, bu har ikki tomon uchun moliyaviy foyda keltiradi", - deya Erdo‘g‘onning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Andalou agentligi.

Turkiya prezidenti Ukrainadan dengiz orqali g‘alla eksportini ta’minlash sohasida Rossiya Federasiyasi bilan hamkorlikni ham tilga oldi va “20 ga yaqin kema navbatda turganini” aytdi.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, u Putinga Turkiya mintaqada tinchlikka erishish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan mumkin bo‘lgan muzokaralarini qabul qilishga tayyorligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!