Erdo‘g‘an Isroilga: «Bu oson bo‘lmaydi»

Erdo‘g‘an Isroilga: «Bu oson bo‘lmaydi»

Xalqaro hamjamiyat Isroilning Livandagi harakatlarini to‘xtatishi kerak. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bayonot berdi.

«Isroil bu safar Livan hududiga quruqlik orqali kirib keldi... Mintaqa davlatlarini o‘zi yaratgan inqirozga tortish uchun barcha vositalarni ishga solmoqda. U har xil provokasiyalarni amalga oshiradi. O‘tgan hafta BMT Bosh Assambleyasida men BMT bu tajovuzni to‘xtatishi kerakligini aniq aytdim», — dedi Erdo‘g‘an mamlakat parlamentida so‘zlagan nutqida.

«Men Isroilga ochiq va aniq aytamanki, bu safar Livandagi quruqlikdagi operasiya u uchun o‘tgan yillardagidek bo‘lmaydi. Hozir hamma narsa butunlay boshqacha. Livan va uning pozisiyalari boshqacha. Bu unchalik oson bo‘lmaydi», deb hisoblaydi Turkiya prezidenti.

Erdo‘g‘an Livanning Turkiya chegarasiga yaqin ekanligiga diqqat qaratdi: «Avtomobilda bor-yo‘g‘i ikki soatlik yo‘ldamiz. Bosqin, terror hujumlari, qirg‘inlar sodir bo‘layotgan mintaqaga. Demak, bularning barchasi bizning yonimizda sodir bo‘lmoqda. Bizni aralashmaslikka va betaraf bo‘lishga chaqirayotgan har bir kishiga aytaman. Buning to‘xtatilishi va Isroilning jazolanishi uchun har qanday holatda ham kurashni davom ettiramiz. Biz livanlik birodarlarimiz tomonida qolamiz va ularga qo‘limizdan kelganicha yordam beramiz», dedi Turkiya prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!