Janubiy Koreya rasmiylari 4 avgust kuni mamlakat chegarasi bo‘ylab Shimoliy Koreyaga qarshi radioeshittirishlar uchun mo‘ljallangan karnaylarni olib tashlashni boshladi. Bu haqda Korea Times yozmoqda.
Qayd etilishicha, prezident Li Chje Myonning yangi hukumati Pxenyan bilan keskinlikni yumshatishga intilmoqda.
Iyun oyida lavozimga kirishganidan ko‘p o‘tmay, Li ma’muriyati Shimoliy Koreya rejimini tanqid qiluvchi targ‘ibot dasturlarini to‘xtatgandi, chunki u qo‘shnilar bilan to‘xtab qolgan muloqotni qayta tiklashga harakat qilmoqda.
Biroq Shimoliy Koreya yaqinda muzokaraga bo‘lgan takliflarni rad etib, Janubiy Koreya bilan gaplashishdan manfaatdor emasligini ma’lum qilgan. Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Jong Janubiy Koreyaning tinchlik tashabbuslarini «jiddiy va yanglish hisob-kitob» deb baholagan.
«Agar Janubiy Koreya bir nechta sentimental gaplar bilan o‘z xatti-harakatlarining barcha oqibatlarini ortda qolgandek qabul qilinishini kutayotgan bo‘lsa, bundan kattaroq yanglishish bo‘lishi mumkin emas», — deya ta’kidladi u.
Janubiy Koreyaning dushanbadan boshlab radiokarnaylarni demontaj qilishi «Janub va Shimol o‘rtasidagi keskinlikni yumshatishga yordam beradigan amaliy choradir», — deyiladi Janubiy Koreya tarafi e’lon qilgan bayonotda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.
АҚШ Президенти Дональд Трамп Россия етакчиси Владимир Путин билан бўлиб ўтган суҳбат якунларига кўра, Украина ҳарбий жиҳатдан мағлубиятга учраганини маълум қилди.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитасининг собиқ раиси Қамчибек Ташиев давлат тўнтаришига уриниш бўйича жиноий ишда фигурантга айланганини билдирди.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.