Erdo‘g‘an Iroq Prezidenti bilan uchrashdi

Erdo‘g‘an Iroq Prezidenti bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Bag‘dodga rasmiy tashrifi doirasida Iroq prezidenti Abdul Latif Rashid bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyati ma’lum qildi, deb yozadi «Report».


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 13 yildan so‘ng ilk rasmiy tashrif bilan Iroqqa bordi va Iroq Prezidenti Abdulatif Jamol Rashid va Bosh vazir Muhammad Shia al-Sudaniy bilan uchrashadi.

Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida savdo aloqalari, suv muammosi, tabiiy gaz va neft eksporti masalalari muhokama qilinadi. Tomonlar o‘rtasida terrorizmga qarshi kurash markazi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya va Iroq 2030 yilgacha tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!