Erdog‘on: Ey Yevropa Ittifoqi, o‘zingizga keling

Erdog‘on: Ey Yevropa Ittifoqi, o‘zingizga keling

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Yevropa Ittifoqi komissiyasi tomonidan harbiy harakatdan tiyilishga va amaliyotni to‘xtatish talabiga javob qaytardi. Bu haqida Yeni Safak gazetasi xabar bermoqda.

“Ey Yevropa Ittifoqi, o‘zingizga keling. Bizning ayni vaqtda olib borayotgan operasiyamizni ishg‘ol harakati deb ta’riflasangiz, ishimiz oson bo‘ladi. Chegaralarni ochib, 3,5 million nafar qochoqlarni sizga yuboramiz“ - degan Erdo‘g‘on.

Ma’lumot uchun, Turkiya armiyasining asosiy nishoniga aylangan kurd harbiy kuchlarini AQSh va Yevropa Ittifoqi qo‘llab-quvvatlamoqda. Operasiya boshlanishidan oldin Tramp Vashington kurdlarga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatmasligini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!