Erdog‘an O‘zbekiston bilan munosabatlarni yanada yaxshilashdan manfaatdor — Faxrettin Altun

Erdog‘an O‘zbekiston bilan munosabatlarni yanada yaxshilashdan manfaatdor — Faxrettin Altun

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Kommunikasiyalar boshqarmasi rahbari Faxrettin Altun mamlakatdagi saylovlarda g‘olib bo‘lgan Erdog‘an O‘zbekiston bilan munosabatlarni yaxshilashda davom etishini ta’kidladi.

"Jahon yetakchilari Prezidentimiz janob Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklashda davom etmoqda.

Ozarbayjon, O‘ZBEKISTON, Turkmaniston, Qozog‘iston, AQSH, Rossiya, Ukraina, Angliya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Falastin, Isroil, Liviya, Pokiston, Gvineya-Bisau davlat va hukumat rahbarlari telefon orqali tabrikladilar. Prezidentimiz nomiga hozirgacha 19 davlatdan telefon orqali tabriklar bo‘ldi.

Shuningdek, 100 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari yozma maktubida Prezidentimizning qayta saylangani bilan tabrikladi.

Prezidentimiz ikki tomonlama munosabatlarimizni yaxshilash, mintaqaviy va global muammolarni hal etish, yangi davrda tinchlik va barqarorlikka hissa qo‘shishda yetakchi diplomatiya imkoniyatlaridan foydalanishda davom etadi", dedi Altun.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!